Toshkent pediatriya tibbiyot institutining internaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha kirish imtihonlari kunli aniqlandi.

O‘zbekiston Respulikasi Sog‘liqni saqlash vazirlining 2022 yil 18 iyuldagi 201-sonli buyrug‘iga muvofiq internaturaga kirish imtihonlari test sinovlari orqali amalga oshiriladi.

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining internaturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul bo‘yicha test sinovlari 2022 yil 14 sentabr (chorshanba) kuni soat 9:00 da bo‘lib o‘tadi.

Kirish imtihonlarida ishtirok etish uchun abituriyentlar pasport yoki ID kartaning asl nusxasi va qabul komissiyasi tomonidan abituriyent ko‘rsatgan elektron pochtaga yuborilgan ruxsatnomanining nashr etilgan nusxasini o‘zlari bilan olib kelishlari kerak.

Kirish imtihonlari o‘tkaziladigan joy: Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Simulyatsiya markazi.

MUHIM! Abituriyentlardan sanitariya-epidemiologik qoidalarga rioya qilgan va ijtimoiy masofani saqlagan holda imtihonda qatnashishlari talab qilinadi.

MUHIM! Agar abituriyentda begona narsalar va aksessuarlar (telefon, soat, kalkulyator, shpargalka va har qanday turdagi ma’lumot manbalari, pul va h.k.) topilsa, tegishli akt tuzilgan holda abituriyent imtihonga qo‘yilmaydi.