2023 yilning 27-29 yanvar kunlari Akfa Universitetida «Open Data Challenge» hakatoni bo‘lib o‘tdi. Hakaton O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi, IT-Park hamda Akfa Universiteti hamkorligida tashkil etildi. Hakatonning ochilish kunida soha mutaxassislari va tashkilotchilar axborot texnologiyalari va Ochiq ma`lumotlar bazasi, ularning hayotimizdagi ahamiyati, bunday hakatonlarni o’tkazishning yurtimiz rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida so‘zlab o‘tdilar.

Ushbu hakatonda ToshPTI Ilg‘or Texnologiyalar va Strategik Tashabbuslar Markazi mutaxassislaridan iborat bo‘lgan ICMEDAI jamoasi qatnashdi. Jamoa o’zining Eco city – ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda yoqilg’ida yuruvchi avtomobillarning ekologiyaga hamda inson salomatligiga salbiy ta’sirini aniqlovchi android mobil ilovalari bilan ishtirok etdilar.

Hakaton so‘ngida tashkilotchilar va hay’at a’zolari g‘oyalar va ularning taqdimotlari bo‘yicha o‘z fikrlari, tajriba va bilimlari bilan bo‘lishdilar, shuningdek barcha jamoalar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.