Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 yanvardagi 1-son yigʼilishi bayoni va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 10 yanvardagi 2/10-1-son topshiriq-xatida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Farmoyishi qabul qilindi.

Unga muvofiq:

  • 2023 yil 11 yanvardan 17 yanvargacha institutida kuzgi semestrning yakuniy nazoratga tayyorlanish haftaligi tashkil etiladi;
  • talabalar fanlar bo’yicha yakuniy nazorat materiallari bilan tanishtiriladi;
  • kafedralarda talabalar uchun masofaviy (Zoom tizimi orqali) onlayn maslahatlar tashkil etiladi;
  • talabalar tomonidan qoldirilgan mashg’ulotlarni qayta topshirish Moodle tizimi orqali amalga oshirilishi yo’lga qo’yiladi (Talabalar bilimini baholash markazida qayta topshiriladigan fanlar bundan mustasno).

Batafsil ma’lumot uchun tegishli fakultet dekaning muoviniga murojaat qiling.