MNEF loyihasi – Toshkent pediatriya tibbiyot institute (ToshPTI) uchun ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni kuchaytirish loyihasi hisoblanadi.
Bu Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimida to’plangan noyob tajriba va ko’nikmalarni ToshPTI bilan bo’lishish orqali tibbiy pedagogik salohiyatni kuchaytirish va professor-o’qituvchilarning ilmiy-tadqiqot qobiliyatini mustahkamlash uchun taklif etilgan o’quv dasturidir.
Dastur doirasida jami 20 nafar stajyorlar taklif etiladi, shu jumladan 2 nafari tibbiy ta’limn, 6 nafari hamshiralik ta’limi, 6 nafari qisqa muddatli (3 oy) va 6 nafari uzoq muddatli (6 oy) tibbiy tadqiqotlar bo’yicha. Tibbiy tadqiqotlar sohasida 2023 yildan 2025 yilgacha uch yil davomida ikkita stajyor tanlanib olinadi.
2023 yilda ushbu jarayon orqali jami 12 nafar stajyor tanlanadi: 2 tasi tibbiy ta’lim, 6 tasi hamshiralik ta’limi, 4 tasi tibbiy tadqiqotlar bo’yicha (2 tasi qisqa muddatli va 2 tasi uzoq muddatli).
Dastur haqida batafsil ma’lumotni quyidagi fayl yordamida topish mumkin.
Treningda qatnashish uchun ariza shakli quyida keltirilgan.