25 mart kuni Toshkent pediatriya tibbiyot instituti kafedralarida professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida «Yangi O‘zbekistonda yangi taxrirdagi konstitutsiya» Referendum to‘g‘risida targ‘ibot-taqdimotlar o‘tkazildi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Qonun umumxalq referendumida ovozga qo‘yiladi. Referendum 30 aprel, yakshanba kuniga belgilandi.
Yangi tahrirga asosan, O‘zbekiston Konstitutsiyasidagi moddalar soni hozirgi 128 tadan 155 taga, undagi normalar esa 275 tadan 434 taga oshirilyapti. 128 ta moddaning 91 tasiga konseptual o‘zgarishlar kiritilmoqda. Umuman olganda, konstitutsiya 65 foizga o‘zgartirilyapti.
Institutning kafedralari professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari o‘rtasida Referendum bo‘yicha targ‘ibot- taqdimot o‘tkazildi