Toshkent pediatriya tibbiyot institutida xorijiy fuqarolar uchun 2023/2024 o’quv yilida bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturada o’qish uchun qabul e’lon qilindi.
2023/2024 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida o’qish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar qabuli institutning rasmiy veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriatga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7
Xorijiy fuqarolar uchun magistraturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7
Xorijiy fuqarolar uchun klinik ordinaturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7
Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaga hujjatlar qabuli 2023-yil 10-iyuldan boshlab onlayn tarzda amalga oshiriladi.
Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo ‘yicha kirish imtihonlari o’tkaziladigan sana institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.