ToshPTIga hujjat topshirgan chet yel fuqarolari – abituriyentlar diqqatiga!

Hurmatli abituriyentlar!

Eslatib o‘tamiz, chet el fuqarolari uchun Toshkent Pediatriya tibbiyot institutiga kirish suhbati 5 sentyabr  2023 yil (seshanba) kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:00 da (GMT +5) boshlanadigan uzoq xorij mamlakatlari chet el fuqarolari uchun onlayn suhbat bo‘lib o‘tadi (bakalavrlar, magistrlar, klinik ordinatorlar).

Zoom uchun havola orqali qatnashish ;https://us02web.zoom.us/j/6128513289?pwd=VkpQOUE5U0ZNNk5Ma0pVSzB3eVBndz09

ID: 612 851 3289

Parol: 123456

Offlayn (jonli) suhbat uchun kirish imtixon  suhbati 5 sentyabr kuni 2023 yil Toshkent vaqti bilan soat 14:00 dan (GMT +5) (bakalavrlar, magistrlar, klinik ordinatorlar) Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti maʼmuriyatining kichik zalida bo‘lib o‘tadi.

Barcha abituriyentlar suhbat boshlanishidan 10 daqiqa oldin  kelish kerak.

Abituriyentlarni suhbatga qabul qilish ro‘yxat bo‘yicha soat 13:50 da boshlanadi va kechikkan abituriyentlar suhbatga qo‘yilmaydi

Suhbatda ishtirok etish uchun abituriyentlar o‘zlari bilan fuqaroning  asl pasporti va tilxat bosma nusxasini olib kelishlari kerak.

Suhbat o‘tkaziladigan joy: Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining o‘quv va maʼmuriy binosi.

Lokatsiya:       https://yandex.ru/maps/org/24271890369;

https://g.page/ToshPTI/share

Agar begona narsalar va aksessuarlar topilsa (soatlar, kalkulyator, shpargalka  va har qanday turdagi maʼlumot manbalari va boshqalar.), arizachi tegishli dalolatnoma tayyorlanadi bilan suxbatga ruxsat berilmaydi.

Shuni ham eslatib o‘tamizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 5 iyun 2018 yildagi PQ-3775-sonli Farmoni asosida (https://lex.uz/docs/3765584 ) kirish imtixonlari  uch yo‘nalishda kamida 55 ball to‘plashda muvaffaqiyatli hisoblanadi.

Yo‘nalishlar ro‘yxati:

– Kasbiy qiziqish va OTM ga kirish  sabablari: maksimal ball-25;

– Taʼlim yo‘nalishiga (biologiya, kimyo) mos keladigan fanlar majmuasida olingan bilim darajasi: maksimal ball-50;

– Umumiy intellektual daraja: maksimal ball-25.