Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi «Inno» innovatsion o’quv-ishlab chiqarish texnoparki tomonidan tashkil etilgan “Urban.Tech Uzbekistan” hakatoni boʻlib oʻtdi. Hakatonning davomiyligi 72 soat bo‘lib, unda jami 500 nafar yoshlardan iborat 75 ta jamoa ishtirok etdi. Xakaton 4 ta yo‘nalishni qamrab oldi, masalan: Ijtimoiy AI, Industry AI, Healthcare AI va Education AI.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Ilg‘or texnologiyalar va strategik tashabbuslar markazi xodimlaridan iborat ICMED AI va SHIFO AI jamoalari «KO’KRAK SARATONI» va “AUTIZM MAKTABI” loyihalarini taqdim etib, faol ishtirok etdilar.
«KO’KRAK SARATONI» – bu ICMED AI jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilova bo’lib, ayollarda ko’krak saratoni tashxisini qo’yishda yordam beradi. O‘z navbatida, SHIFO AI jamoasi “AUTIZM MAKTABI” loyihasini taqdim etdi. “AUTIZM MAKTABI” – bu autizmli bolalarning qobiliyat darajasiga ko‘ra modullarni tanlash orqali nutq va xotirasini rivojlantirish imkonini beruvchi mobil ilova.
Xakaton yakunida barcha ishtirokchilar sa’y-harakatlari va ijodiy loyihalari uchun sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.