Joriy yilning 1-2-sentyabr kunlari Koreya Xalqaro hamkorlik agentligi hamda Yonsei universiteti Sog’liqni saqlash tizimi tomonidan «Toshkent pediatriya tibbiyot institutida ta’lim va ilmiy tadqiqot imkoniyatlarini kengaytirish» mavzusida seminar tashkil etildi.

Koreya hukumatining xalqaro hamkorlik doirasida bo’lib o’tgan ushbu loyihasida Koreya va O’zbekistonlik hamkasblar o’zaro fikr almashdilar hamda o’z tajribalari bilan bo’lishdilar. Seminarning asosiy g’oyasi hozirgi kunda talabalarning o’qitish jarayonida raqamli texnologiyalarning ahamiyati va ulardan yanada kengroq foydalanishni yo’lga qo’yish, xususan shu orqali ham o’qtuvchilar ham talabalar uchun qulayliklar yaratish ko’zda tutildi.

Talabalarning yanada sifatli ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida bir qancha rejalar tuzildi va hamkorlikda kelgusida bajariladigan ishlar belgilab olindi. Seminar yakunida har bir ishtirokchiga sertifikatlar topshirildi.