2023 yil 25-26 sentabr kunlari bo’lib o’tgan Rossiya Federatsiyasi va O’zbekiston Respublikasi Oliy o’quv yurtlari rektorlarining IV Mintaqalararo Konferensiyasi maydonlarida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori professor B. T. Daminov tomonidan Rossiya Federatsiyasi sog’liqni saqlash vazirligining N. I. Pirogov nomli «Rossiya milliy tadqiqot tibbiyot universiteti» bilan strategik hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi.
Shuningdek, Komi Respublikasining eng yirik oliy o’quv yurtlaridan biri Pitirim Sorokin nomidagi Syktivkar davlat universiteti bilan kelishuvga erishildi va hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.