2023 yil 14 sentyabr kuni Toshkent pediatriya tibbiyot institutiga  Yunusobod tumani  hokimi  o‘rinbosari, Oila  va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Muhsimova tashrif buyurib, institutning talabalar turar joyida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va talaba-qizlarning xonalari ko‘zdan kechirildi. Talaba-qizlar uchun ga xonalar ozodaligi, sanitariya gigiyena qoidalariga rioya  qilish haqida maslahat va tavsiyalar berildi. Bundan talaba  qizlar mamnun  bo‘lishib, o‘z minnatdorchiliklarini bildirdi.

Shundan so‘ng institut Xotin-qizlar maslahat kengashi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Ilmdan boshqa najot yo‘q”, “Shukuronalik va tinchlik –oliy neʼmat”, “Libos –maʼnaviyat ko‘zgusi”   mavzularida tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida Yunusobod tumani  hokimi  o‘rinbosari, Oila  va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Dilfuza Muhsimova so‘zga chiqib, talaba-qizlarga institutda va talabalar turar joylarida yaartilgan sharoitlardan mamnun ekanligi hamda bu imkoniyatlardan oqilona foydalanib jamiyatga kerakli oliy toifadagi shifokor bo‘lib yetishishlarini tilab, tadbir mavzusi bo‘yicha maʼlumot berib o‘tdi. Suhbat so‘ngida talaba – qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.