29 yanvar kuni Raqamli texnologiyalar vazirligida mGovAward uchinchi to‘lqini g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi va BAA hukumati ko‘magida IT Park tomonidan tashkil etildi.
2024 yil 29 yanvar kuni, “mGovAward” tanlovining uchinchi toʻlqinda ishtirok etayotgan eng yaxshi jamoalarni tantanali taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi. Ushbu tadbir doirasida Toshkent Pediatriya tibbiyot institutining ilg’or texnologiyalar va strategik tashabbuslar markazi yetakchi mutaxassislari SHIFO AI jamoasi o’zlarining ulkan muvaffaqiyatlarini nishonladilar. Top-3 talikka kirgan jamoa a’zolari, hususan SHIFO AI jamoasi ham, BAA vakillari tomonidan qimmatbaxo sovga’alar, statuetka va sertifikat bilan taqdirlandilar. Bundan tashqari g’olib jamoa loyihalari moliyalashtirishga yo’naltirildi
Tadbirda davlat tashkilotlari va startap ekotizimi, ommaviy axborot vositalari vakillari, shuningdek, BAA hamkorlari: Janob Abdulla Nosir lOOta (hukumat ishlari vazirining o’rinbosari), Janob Salim Al-Shami (BAA davlat xizmatlarini rivojlantirish bo’yicha Ijrochi direktor) va Manal Bin Salim xonim (jamoa rahbari, tajriba almashish bo’yicha davlat idorasi vakili ) ishtirok etishdi.
mGovAward-bu talabalar uchun mo’ljallangan, innovatsiyalar orqali davlat xizmatlarini takomillashtirishga qaratilgan mobil ilovalar uchun keng ko’lamli tanlov. E’tiborli tarafi, tanlov BAA bilan hamkorlikda o’tkazilib, iqtidorli yoshlarni birlashtirib, davlat boshqaruvi sohasida innovatsion yechimlarni yaratmoqda. Ishtirokchilar davlat xizmatlari samaradorligi va ulardan foydalanish imkoniyatlarini oshirishga qodir dasturlarni ishlab chiqadilar. mGovAward xalqaro hamkorlik va innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlaydi, davlat xizmatlarini takomillashtirish va istiqbolli loyihalarni yaratish uchun texnologik yechimlarni ishlab chiqishni rag’batlantiradi.
Tanlov toifalari va ishtirok etish qoidalari:
Tanlov yo’l harakati xavfsizligi, ma’lumotlarga asoslangan ilovalar, masofaviy ta’lim, tadbirkorlik va elektron tijoratni rivojlantirish, inson resurslari va farovonligi, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, shuningdek, turizm salohiyatini oshirish kabi turli toifalarni qamrab oladi. Ishtirok etish O’zbekistondagi ta’lim muassasalari talabalari uchun ochiq va har bir jamoa kamida uchta ishtirokchidan iborat bo’lishi kerak.
Ushbu tanlovda, SHIFO AI jamoasi «Autizm Maktabi» nomli loyihasini taqdim etdi va g’alaba qozonishdi. «Ushbu loyiha mobil ilova hisoblanib autizm spektrining buzilishi bo’lgan bolalar uchun maxsus ishlab chiqilgan. ABA terapiyasi tamoyillariga asoslanib, dastur bolalarga maxsus moslashtirilgan modullar orqali nutq, xotira va kichik motorika ko’nikmalarini rivojlantirishga yordam beradi.
SHIFO AI jamoasi a’zolari: Dilnoza Sulaymonova (jamoa yetakchisi, 1-Pediatriya fakulteti 5-kurs talabasi), Shaxzod Botirov, Sevinch Ikromjonova, Rashod Akramov, Shoxrux Pardaev.
SHIFO AI jamoasining loyihasi innovatsion, texnologik va ta’lim tashabbuslari sohasidagi ulkan o’rnini yana bir bor tasdiqlaydi
SHIFO AI jamoasini g’olib bo’lganligi bilan tabriklaymiz! Ishonchimiz komilki, ularning «Autizm Maktabi» loyihasi jamiyatga foyda keltiradi va ishlab chiquvchilar va innovatorlarning kelajak avlodlari uchun Ilhom manbai bo’lib xizmat qiladi.