O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 17 iyuldagi “2024/2025 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida”gi F-36-son Farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent pediatriya tibbiyot institutning magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul 2024 yil 1 iyul kunidan boshlandi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutning magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul 2024 yil 30 iyulga (shu kuni ham) qadar bo’lib o’tadi.
Toshkent pediatriya tibbiyot institutning magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025 o‘quv yili uchun qabul doirasida hujjatlarni topshirish magistr.edu.uz elektron platformasi orqali amalga oshiriladi.
Bunda Toshkent pediatriya tibbiyot institutning magistratura mutaxassisliklariga 2024/2025 o‘quv yili uchun hujjat topshirishda xorijiy tilni bilish darajasini (barcha mutaxassisliklar uchun B1 darajasidan kam bo’lmagan holda) baholovchi milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikat talab qilinadi.
Elektron platforma orqali 2024/2025 o’quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklari bo’ yicha hujjatlarni topshirish bo’yicha video yo’riqnoma magistr.edu.uz
2024/2025-o‘quv yilidan boshlab magistraturaga hujjat topshirishda talab etiladigan milliy va xalqaro tan olingan sertifikatlar darajalari bo‘yicha ro‘yxati mutaxassisliklar kesimida