Magistraturaga hujjat topshirish uchun qabul komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar ro’yxati

– mutaxassislik ko’rsatilgan holdagi rektor nomiga ariza;
– tibbiy oliy ma’lumot to’g’risidagi hujjat – diplom (asl nusxa yoki asl nusxadan ko’chirma);
– ilova (asl nusxa yoki asl nusxadan ko’chirma);
– tibbiy ma’lumotnoma: 086U shakli;
– pasport (nusxa);
– rangli fotosurat 3,5 x 4,5 sm – 6 dona;
– ilmiy maqolalar, tezislar yoki ularga tenglashtitilgan hujjatlar (asl nusxa va nusxa);
– IELTS (kamida – 5.0) yoki TOEFL (kamida – 58) sertifikati, mavjud bo‘lgan holatda (asl nusxasi va nusxasi).

*Ariza beruvchi shaxs pasport va harbiy xizmatga aloqadorligi to’g’risidagi hujjatning (harbiy guvohnoma/qayd etish guvohnomasi) asl nusxalarini shaxsan taqdim etadi.

** Barcha fotosuratlar bir xil bo’lishi kerak.