Magistratura aniq mutaxassislik buyicha bakalavriat negizida o’qitish kamida ikki yil davom etadigan oliy ta’limning ikkinchi bosqichidir. Magistratura aniq mutaxassisliklar bo’yicha malakali, ilmiy-pedagogik kadrlar yetishtiradi. ToshPTIda Vazirlar mahkamasining qarori asosida 2000/2001 o’quv yilidan boshlab magistraturaga qabul boshlangan. 2000 yili magistraturaga 3ta mutaxassislik bo’yicha qabul o’tkazilgan bo’lsa, hozirgi kunda magistraturada jami 35ta mutaxassislik mavjud. Magistratura bo’limi boshlig’i lavozimida turli yillarda bir qator malakali xodimlar faoliyat yuritishgan, jumladan: Fayziyev X.N., Nasirov A.A., Agzamov A.M., Haitov Q.N., Valiyev A.R., Raxmatullayev A.A., hozirgi kunda bo’lim boshlig’i lavozimida t.f.d., dotsent SH.S.Abdullayev faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari bo’limda Abdurazzakova Z.K., Sangilov U.B., Sobirov J.A. lar uslubchi mutaxassis sifatida ishlab kelishmoqda. O’tgan yillar davomida jami 2308 nafar magistrlar o’qishni muvaffaqiyatli tamomlab, turli sohalarda faoliyat yuritib kelishmoqda.
1983 yilda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tug’ilgan, o’zbek, t.f.d., dotsent. 2000-2010 yillar Toshkent tibbiyot akademiyasini tugatgan. 2011-2013 yillar TTA stajyor-tadqiqotchi izlanuvchisi, 2014-2018 yillarda ToshPTI fakul’tet va gospital ichki kasalliklar kafedrasi assistenti, 2018 yildan shu kafedra dotsenti, 2018-2019 yillarda ToshPTI ta’lim sifatini nazorat qilish bo’limi bosh mutaxassisi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2016 yil doktorlik dissrtatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2019 yildan Toshkent pediatriya tibbiyot instituti magistratura bo’limi boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda. SH.S.Abdullayev «O’zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» hamda «Mehr-saxovat» ko’krak nishoni bilan taqdirlangan, 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi.