Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat va ma‘rifat bo‘limi institut talabalarini milliy istiqlol g‘oyalariga cheksiz sadoqat, ona Vatanga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug‘ va oliyjanob maqsadga e‘tiqod, jasurlik va fidoyilik ruhida tarbiyalashga mo‘ljallangan ma‘naviy va ma‘rifiy tadbirlarni tashkil etish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

O‘zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonunning institutda ijrosini ta‘minlash, har yili qabul qilinadigan yoshlarga oid dasturinig tegishli bandlari va vazifalari ijrosini ta‘minlash;

O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinadigan davlat dasturlaridagi ma‘naviy-ma’rifiy masalalariga oid qismlarining ijrosini ta‘minlash;

Mamlakatimiz Prezidentining «Yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusi» bo‘yicha talaba-yoshlat o‘rtasida targ‘ibot ishlarini olib borish va har bir tashabbus doirasida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyatini yuritsh;

Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligining ma‘naviy-ma‘rifiy masalalar va yoshlar siyosatiga oid qabul qilingan hujjatlari va ko‘rsatmalarini institut jamoasiga o‘z vaqtida yetkazish va ulardagi vazifalarning bajarilishini ta‘minlash;

Institut jamoasining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga va korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yoʻnaltirilgan tizimli profilaktik targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

Fakul‘tetlarning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va jamoatchilik kengashlari faolyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Talaba-yoshlarning kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish;

Talabalar turar joylarida ma‘naviy-axloqiy tarbiya ishlarini tashkil etish;

ARM ma‘naviy-ma‘rifiy hayotini nazorat qilish;

«Axborot guruhi» uchun yetarli shart-sharoit yaratish;

Murabbiylar kengashi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqish;

«O’zbekiston Yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotlari hamda turli jamoatchlik harakatlari va tuzilmalari bilan yaqindan hamkorlik qilish;

Ma‘naviy-ma‘rifiy maqsadlarda to‘garaklar, klub va yig‘inlar tashkil etadi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;

Buyuk adibimiz Berdaq nomini abadiylashtirish, uning hayoti va ijodini keng targ‘ib qilish;

Institut ommaviy tadbirlarida, hashar va obodonchilik ishlarida institut jamoasi va talabalarning keng ishtirokini ta‘minlash.