Toshkent pediatriya tibbiyot instituti talabalarni va bitiruvchilarini ishga taqsimlash, ularni ishga joylashtirishda ko‘maklashish va bandligini monitoring qilish bo‘yicha “CAREER CENTER-TPTI” Tug‘risidagi namunaviy nizom

Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 sentyabrdagi 769-son “Tibbiyot kadrlarni tayyorlashni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi”gi Qaroriga muvofiq, bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaning ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini qishloq vrachlik punktlari va qishloq (shahar) oilaviy poliklinikalariga elektron dastur orqali ishga yo‘llash va monitoring qilish hamda oliy tibbiy ta’lim muassasalari talabalarining ma’lumotlar bazasini shakllantirish tartibini belgilaydi.

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2005/2006 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi oliy talim muassasalariga qabul tug‘risida” 2005-yil 2-iyundagi PQ-92-son, “Respublika oliy talim muassasalariga qabul parametrlarini shakllantirish mexanizmini yanada takomillashtirish choralari tug‘risida” 2015-yil 23-iyundagi PQ-2360-son hamda “Oliy va o‘rta maxsus talim tizimiga boshqaruvning yangi tamoyillarini joriy etish chora-tadbirlari tug‘risida”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 29 martdagi PQ-2857-son va «O‘zbekiston Respublikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-son qarorlari ijrosini ta’minlash hamda tibbiyot xodimlarining uzluksiz kasbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, sog‘liqni saqlash tizimi organlari va muassasalarining malakali tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish hamda  Oliy va o‘rta maxsus talim vazirining 2021-yil 11 oktabrdagi 431-son buyrugiga talabalari va bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi talabalar va bitiruvchilarni bandlikka ko‘maklashish “Career Center-TPTI” Markazining maqsad va vazifalarini belgilaydi.

2.       “Career Center-TPTI” Markazining faoliyatini tashkil etish va nazorat qilish Toshkent pediatriya tibbiyot instituti rektori zimmasiga yuklanadi.

2-bob. Huquqiy-me’yoriy hujjatlar

3.       Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 dekabrdagi PF-5590-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2019-2025 yillarda O‘zbekiston Respublikasining sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish Konsepsiyasi” hamda 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi PQ-2857-sonli “O‘zbekiston Respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017 yil 5 maydagi PQ-2956-sonli “Tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 sentyabrdagi 769-sonli «Tibbiy kadrlar malakasini oshirishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.

3-bob. Nizomda ko‘llanilgan asosiy tushuncha va qisqartmalar

4.       Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalar qo‘llanilgan:

– ish bilan ta’minlash – tibbiyot oliy ta’lim muassasa talabalari va bitiruvchilariga ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rilgan chora-tadbirlar tizimi;

 – mehnat yarmarkasi – ishga joylashish istagida bo‘lgan tibbiyot oliy ta’lim muassasalari talabalari va bitiruvchilari hamda ish beruvchilari o‘rtasida ishga joylashish (qabul qilish) maqsadida tashkil etilgan maxsus tadbirlar majmuasi;

 – buyurtmachi-korxona – ushbu Nizomda ko‘rsatilgan xizmatlar doirasida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga qabul qilish maqsadida, “Career Center–TPTI”ga murojaat qiladigan yuridik shaxs;

5.       Ushbu Nizomda quyidagi qisqartirmalar qo‘llanilgan:

TPTI – Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;

Career Center-TPTI” muassasa talabalari va bitiruvchilari bandligini ta’minlashga ko‘maklashuvchi markaz;

TOTM – tibbiyot oliy ta’lim muassasi;

ITI – Ilmiy-tadqiqot instituti;

RIIATM – Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi;

OShP va OP -oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalariga

2-bob. Bo‘limning maqsad va vazifalari

3.       O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 sentyabrdagi 769-son qaroriga 1-ilova – Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida Nizom talablarini va  qonun hujjatlariga muvofiq ish yuritish.

4.       Oliy talim muassasasida tayyorlanayotgan oliy malumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini  o‘rganish asosida malumotlar bazasini shakllantirish.

5.        Bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha talaba va bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda talim xizmatlari istemolchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bulgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali tuliq malumotlar bankini yaratish.

6. Talabalarga mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash va ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish usullarini o‘rgatish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Karerani rejalashtirish” nomli maxsus (onlayn) kurs tashkil etish va amalga oshirish.

7.       Talabalarga mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ishga kirish uchun talab etiladigan xujjatlar bilan tanishtirish.

8.       Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilg‘or mutaxassislarni va ekspertlarni jalb  qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqboldagi korxonalarga oid zamonaviy  ma’lumotlar bilan tanishtirish.

9.       Manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga kizikishlarini  kuchayturuvchi tadbirlarni amalga oshirish.

10.     Oliy ta’lim muassasinining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasining ilgari tamomlagan bitiruvchilarning xozirgi mehnat faoliyati (karerasi) to‘g‘risida hamda ushbu yo‘nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.

11.     Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta’lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga quyish uchun kiritish, bu borada oliy talim muassasasining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.

12.      Oliy talim muassasalarida kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni  ishga taqsimlash monitoringini yuritish.

13.      Oliy talim muassasalari talabalari va bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.

14.      Talim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.

15.     Oliy taʼlim muassasasi joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy talim muassasasi faoliyatini yunaltirish.

16.     Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha raqobatli talim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori konyukturasining o‘zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yunalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.

17.     Oliy talim tizimida tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (istemolchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy malumotli yosh mutaxassislarga bulgan ehtiyojini hududlar buyicha o‘rganish.

18.     Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi talim yunalishlari va mutaxassisliklari buyicha oliy malumotli kadrlar tayyorlashni yulga quyish buyicha takliflar ishlab chiqish.

19.     Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan uzaro hamkorlik va aloqa urnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa mamuriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati tugrisidagi fikrlarini urganib borish.

20.     Oliy talim tizimida kadrlar tayyorlash yunalishlari va talim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taminlash buyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.

21.     Yosh mutaxassislardan kadrlar istemolchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga kumaklashish.

22.      Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini oliy taʼlim muassasasi kengashida muhokama qilish.

23.     Belgilangan muddatlarda Oliy va urta maxsus talim vazirligiga oliy talim muassasalarining joriy yildagi bitiruvchilari tugrisida talim yunalishlari (mutaxassisliklar), ishga yullanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan malumotlarni taqdim etib borish.

24.      Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni istemolchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yunaltirish to‘g‘risidagi oliy talim muassasasining malumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni uz vaqtida Oliy va urta maxsus talim vazirligiga taqdim etib borish.

25. Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha klinik bazalari, davlat va nodavlat tibbiy muassasalari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatish va shartomalar rasmiylashtirish.

26.Talabalar amaliyotini  amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limda amaliyotni o‘tkazish tartibi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsetika ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-amaliyot bazalari ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2019 yil 13 noyabrdagi №279 sonli buyrug‘i asosida tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom asosida amalga oshirish.

3-bob. “Career Center –TPTI” rahbari lavozim vazifalari

25.     O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etadi.

26.     “Career Center –TPTI”da O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da belgilangan vazifalar bajarilishini ta’minlaydi.

27.     Marketing xizmatini rivojlantirib, ta’lim yo‘nalishi va ixtisosliklarga talab va ehtiyojni o‘rganishni, talaba va bitiruvchilarni amalda ishga joylashishi tahlilini, mutaxassislarni maqsadli tayyorlash borasida hamkorlik shartnomalari tuzishni tashkil etadi.

28.     TPTI Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi asosida “Career Center –TPTI” tashkil etiladi va rahbar tayinlanadi.

29.     “Career Center –TPTI” rahbari  lavozimiga tibbiy oliy ma’lumotga ega va mutaxassislik bo‘yicha kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan xodim ishga qabul qilinadi, rahbar lavozimiga tayinlash va undan ozod qilish institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor tavsiyasiga asosan rektori buyrug‘i asosida amalga oshiriladi.

30.     TOTMlari, ITIlari hamda RIIATMlar o‘rtasida imzolangan pullik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnoma rasmiylashtiradi hamda ularga dasturiy ishlanmani o‘rnatish bo‘yicha yangi texnologiyalar asosida joriy etishda ko‘maklashadi va tegishli m’yoriy hujjatlarni rasmiylashtiradi,  dasturiy va texnik ishlanmalarni amaliyotga joriy etishda asoslangan xulosalar tayyorlaydi va taqdim etadi.

31.     Respublikada innovatsion loyihalarini va bandlikka oid turli tadbirlarini (yarmarka, seminar, forum, davra suhbatlari) tashkil etishda ishtirok etadi.

3-bob. Bo‘limning tuzilishi va moliyaviy taminlanishi

32. Bo‘lim xodimlarining soni oliy talim muassasalarining namunaviy shtatlari asosida belgilanib, rahbarlikni boshliq amalga oshiradi. Bo‘lim xodimlarining shtat jadvali belgilangan tartibda rektor tomonidan tasdiqlanadi.

33.     Bo‘lim xodimlarining ish haqi (razryad)lari oliy ta’lim muassasasi uchun belgilangan lavozimlar miqdorida tasdiqlanadi va bo‘limning ish natijalariga ko‘ra, rektor tomonidan belgilangan tartibda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan ustama belgilanishi mumkin.

4-bob. Bo‘lim faoliyatini tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish

34.     Bo‘lim tug‘ridan-tug‘ri oliy talim muassasasi o‘quv ishlari prorektoriga buysunadi.

35.      Bo‘lim o‘z faoliyati natijalari bo‘yicha oliy talim muassasasi ilmiy Kengashida har yili kamida bir marta hisobot beradi.

36.     Bo‘lim tegishli malumotlarni belgilangan shakl va muddatlarda Sog‘liqni saqlash va Oliy va o‘rta maxsus talim vazirliklariga  taqdim etadi.

37.     Bo‘lim faoliyati Sog‘liqni saqlash va Oliy va o‘rta maxsus talim vazirliklari tomonidan muvofiqlashtiriladi va o‘rnatilgan tartibda nazorat qilinadi.

5-bob. “Career Center-TPTI”  orqali bandligini ta’minlash mexanizmi

38.     Tibbiyot oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishlab berish uchun taqsimlash, ularga ishga joylashtirilishda ko‘maklashish va bandligini hisobini yuritish, shuningdek, TPTI talabalarining vaqtincha ish bilan ta’minlash sohalarida barqaror va samarali faoliyat olib borish bo‘yicha, “Career Center-TPTI” quyidagilarni amalga oshiradi:

39.     Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda barcha davlat va nodavlat tibbiyot muassasalari bilan o‘zaro aloqalarni o‘rnatgan holda, joylardagi tibbiyot xodimlariga bo‘lgan ehtiyoj va mavjud bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risidagi axborotlar asosida “Career Center-TPTI” talabalari va bitiruvchilari uchun bo‘sh ish o‘rinlar ma’lumotlar bazasini shaklantiradi;

40.     OShP yoki OPlardagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bitiruvchilarning doimiy yashash joyi bo‘yicha “Career Center-TPTI”da taqsimlanadi, ularga ishga joylashtirilishda ko‘maklashadi va bitiruvchilarning bandligi doimiy ravishda monitoringi yuritiladi;

41.     3 va 4 tomonlama shartnomani tuzishda bitiruvchining yashash joyi bo‘yicha tuzilganligini, shartnomada ko‘rsatilgan ish joyi va shartnoma majburiyatlarini bajarilishini nazorat qiladi;

42.     Talabalar va bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash to‘g‘risida e’lon qilish uchun ommaviy axborot vositalaridan, shu jumladan elektron nashrlar, saytlardan foydalanadi;

43.     TOTM, ITI va RIIATMlarning buyurtmalar portfelini shakllantirish, bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoring bo‘limlari bilan talabalar va bitiruvchilarga tavsiyalar, tavsifnomalar berish, suxbat va mulohazalar olib borish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qiladi;

44.     “Career Center-TPTI” markaziga murojaat etgan barcha talaba va bitiruvchilarga so‘rovnomalarni va rezyumelarni to‘ldirish bo‘yicha maslahat beradi, to‘ldirilgan anketalar va  rezyumelarni qabul qilib, ularni ish beruvchilarga yuboradi;

45.     Mehnat yarmarkalarini, shu jumladan bandlik sohasida tegishli mavzular bo‘yicha konferensiyalar va seminarlar tashkil etadi, talabalar va bitiruvchilarga viloyat, tuman va shahar kesimida tor mutaxassislar bo‘yicha ehtiyoj to‘g‘risida www.medcareer.uz sayt orqali ma’lumot taqdim etadi, ish beruvchining kasbga oid talablarni ishga joylashuvchiga yetkazadi hamda ish joyiga moslashish bo‘yicha maslahatlar beradi;

46.     Mehnat bozoridagi tegishli mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib, yosh mutaxassislarni qayta tayyorlash va malaka oshirishiga amaliy yordam beradi;

47.     Xalqaro va milliy tajribalarni inobatga olgan holda, TOTM talabalari va bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha asoslangan takliflar va va tavsiyalar ishlab chiqadi.

48.     “Career Center-TPTI” samarali faoliyat yuritishini ta’minlash maqsadida tibbiyot oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari tarkibiy bo‘linmalari davlat granti va to‘lov-kontrakti asosida bakalavriat,  magistratura va klinik ordinatura (maqsadli) talaba va bitiruvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Career Center-TPTI” elektron dasturiga kiritib boradi.

5-bob. Yakunlovchi qoida

31. Bo‘lim faoliyatini tugatish yoki qayta tashkil etish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.