- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 27 sentyabrdagi 769-son qaroriga 1-ilova – Bakalavriatning alohida ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosida tahsil olgan oliy tibbiy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarga ishga yo‘llash tartibi to‘g‘risida Nizom talablarini va qonun hujjatlariga muvofiq ish yuritish.
- Oliy talim muassasasida tayyorlanayotgan oliy malumotli kadrlarga korxona, muassasa va tashkilotlarning ehtiyojini o‘rganish asosida malumotlar bazasini shakllantirish.
- Bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha talaba va bitiruvchilarga talab va takliflar nisbatini o‘z ichiga olgan holda talim xizmatlari istemolchilari (ish beruvchi korxonalar, turli mulkchilik shakliga ega bulgan tashkilotlar – davlat va mahalliy boshqaruv organlari, davlat va nodavlat tashkilotlari va h.k.) tuzilmasini baholash, geografik joylashishini aniqlash va guruhlash, potensial imkoniyatlarini tashxis qilish orqali tuliq malumotlar bankini yaratish.
- Talabalarga mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash va ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tish usullarini o‘rgatish bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Karerani rejalashtirish” nomli maxsus (onlayn) kurs tashkil etish va amalga oshirish.
- Talabalarga mehnat to‘g‘risidagi qonun xujjatlari asoslari, mehnat bozorida mos vakansiyalar izlash ko‘nikalari, ishga kirish uchun rezyumeni tayyorlash va ishga kirish uchun talab etiladigan xujjatlar bilan tanishtirish.
- Sog‘liqni saqlash tizimidagi ilg‘or mutaxassislarni va ekspertlarni jalb qilgan holda talabalarni kasbga yo‘naltirish, mehnat bozoridagi mavjud va istiqboldagi holat, muayyan kasbga, ish joylariga va ish beruvchilarga, istiqboldagi korxonalarga oid zamonaviy ma’lumotlar bilan tanishtirish.
- Manfaatdor idoralar va tashkilotlar ishtirokida ish o‘rinlari yarmarkalari, karera kunlarini tashkil etish va talabalarni kelajakda kasbiy faoliyatga kizikishlarini kuchayturuvchi tadbirlarni amalga oshirish.
- Oliy ta’lim muassasinining mutaxassislar tayyorlash, bitiruvchilarni ishga joylashtirish, mazkur oliy ta’lim muassasining ilgari tamomlagan bitiruvchilarning xozirgi mehnat faoliyati (karerasi) to‘g‘risida hamda ushbu yo‘nalishdagi boshqa tahliliy materiallarni tayyorlash va nashr qilish.
- Tayyorlanayotgan kadrlar sifatini oshirishga taalluqli dolzarb masalalarni oliy ta’lim muassasasining Kengashlarida muhokamaga quyish uchun kiritish, bu borada oliy talim muassasasining tegishli bo‘limlari bilan hamkorlik qilish.
- Oliy talim muassasalarida kadrlar tayyorlash va davlat granti asosida bitiruvchilarni ishga taqsimlash monitoringini yuritish.
- Oliy talim muassasalari talabalari va bitiruvchilarini ishga joylashish jarayonlarini tizimli tahlil qilish va baholash.
- Talim sohasida bozor munosabatlarini rivojlantirish va takomillashtirishga ko‘maklashish, yosh mutaxassislarga bo‘lgan talab ko‘rsatkichlari asosida bitiruvchi bakalavr va magistrlar uchun real “buyurtmalar portfeli”ni shakllantirish.
- Oliy ta’lim muassasasi joylashgan hududdagi muassasa, korxona va tashkilotlarining kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlari qondirilishiga oliy talim muassasasi faoliyatini yunaltirish.
- Respublika iqtisodiyoti va ijtimoiy soha tarmoqlarida bakalavriat yunalishlari va magistratura mutaxassisliklari buyicha raqobatli talim xizmatlarining paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan xizmatlar bozori konyukturasining o‘zgarishini tahlil qilib borish hamda yangicha rivojlanish yunalishlarini belgilash yuzasidan takliflar tayyorlash.
- Oliy talim tizimida tez o‘zgaruvchanligi va mehnat bozori rivojlanish dinamikasi bilan o‘zaro bog‘liqligini hisobga olgan holda potensial ish beruvchilar (istemolchilar) bilan hamkorlikda respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va sohalarining oliy malumotli yosh mutaxassislarga bulgan ehtiyojini hududlar buyicha o‘rganish.
- Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarining talab-ehtiyojlari asosida, birinchi navbatda, yuqori va innovatsion texnologiyalar sohasida yangi talim yunalishlari va mutaxassisliklari buyicha oliy malumotli kadrlar tayyorlashni yulga quyish buyicha takliflar ishlab chiqish.
- Mutaxassis kadrlar tayyorlashda manfaatdor tashkilotlar bilan uzaro hamkorlik va aloqa urnatish, jumladan, korxona, tashkilot yoki muassasa mamuriyatining tayyorlanayotgan kadrlar sifati va salohiyati tugrisidagi fikrlarini urganib borish.
- Oliy talim tizimida kadrlar tayyorlash yunalishlari va talim xizmatlari bozori borasidagi boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amaliyotga tatbiq etish jarayonlarida ishtirok etadi. Raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni taminlash buyicha amaliy takliflar ishlab chiqish va tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish.
- Yosh mutaxassislardan kadrlar istemolchilarining talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda foydalanilishiga kumaklashish.
- Kadrlar tayyorlash jarayonida buyurtmachilarning kadrlar sifatiga doir talablarini oliy ta’lim muassasasi kengashida muhokama qilish.
- Belgilangan muddatlarda Oliy va urta maxsus talim vazirligiga oliy talim muassasalarining joriy yildagi bitiruvchilari tugrisida talim yunalishlari (mutaxassisliklar), ishga yullanadigan vazirlik, idora (korxona va tashkilotlar) hamda hududlar kesimida shakllantirilgan malumotlarni taqdim etib borish.
- Mehnat bozori konyunkturasini o‘rganish, qabul parametrlariga takliflarni istemolchilarning bitiruvchilarga bo‘lgan buyurtmalari asosida shakllantirish, qabul, talabalar kontingenti, bitiruvchilarni ishga yunaltirish to‘g‘risidagi oliy talim muassasasining malumotlar bazasini tashkil etishga doir hujjatlarni uz vaqtida Oliy va urta maxsus talim vazirligiga taqdim etib borish.
- Talabalar amaliyotini tashkil etish bo‘yicha klinik bazalari, davlat va nodavlat tibbiy muassasalari bilan xamkorlik aloqalari o‘rnatish va shartomalar rasmiylashtirish.
- Talabalar amaliyotini amaldagi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot va farmatsevtika ta’limda amaliyotni o‘tkazish tartibi va tibbiyot oliy ta’lim muassasalari klinikalari, tibbiyot va farmatsetika ta’lim muassasalarining o‘quv va o‘quv-amaliyot bazalari ro‘yhatini tasdiqlash to‘g‘risida” gi 2019 yil 13 noyabrdagi №279 sonli buyrug‘i asosida tibbiyot va farmatsevtika oliy ta’lim muassasalari talabalarining amaliyotini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Nizom asosida amalga oshirish.