Boʻlimning maqsadi va vazifalari institutda taʼminlanadigan taʼlim jarayonini sifat va samaradorligini – talabalar bilimlarining davlat taʼlim standartlariga muvofiqligini oʻrganish va tahlil qilish, hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, ichki sifatni taʼminlashni oʻz-oʻzini baholash oʻtkazish orqali taʼminlashga erishishdir. Unda, oʻz-oʻzini ichki baholash va sifatni taʼminlash hisoboti natijalari asosida institutni tashqi milliy va halqaro akkreditatsiyadan oʻtishga tayyorlashdan iborat.

Mazkur maqsad va vazifalarga erishish uchun institutning fakultetlari, boʻlimlari va kafedralar faoliyatida taʼlim, ilmiy-innovatsion, xalqaro hamkorlik, maʼrifiy va maʼnaviy, davolash ishlari jarayonlarini oʻrganish va tahlil qilish, hamda amalga oshirilayotgan ishlarni ijobiy tomonga yoʻnaltirish orqali Milliy va Xalqaro reyting tizimlarida yuqori oʻrinlarga erishish uchun chora-tadbirlarini olib boradi.

Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimining faoliyati 2018-yildan boshlangan boʻlsa, boʻlim boshligʻi lavozimida – DSc, dotsent Ubaydullayeva Sevara Abdullayevna 2018-2022-yillar faoliyat yuritgan. 2018-2019-yillar yakunida boʻlim oʻz faoliyatini samaradorligi va faolligi bois Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat Inspeksiyasi tomonidan “Eng namunali Taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimi”  nominatsiyasini oldi. Bugungi kunda taʼlim sifatini nazorat qilish boʻlimida faoliyat yuritayotgan Bosh mutaxassislar:

–  Boboyev Maʼruf Shomuratovich

–  Usarov Anvar Mavlonovich

–  Isayev Ilshod Sultanovich faoliyat yuritib kelmoqdalar.

2018-yildan hozirgi kunga qadar boʻlimda Bosh mutaxassis lavozimida ishlaganlar: Abdullayev Sherzod Saʼdullayevich, Gulyamov Saidaʼlo Saidkamalovich, Omonova Umida Toʻlkinovna, Mamatova Nodira Muxtarovna.

Sattarov Jamoliddin Baxronovich tibbiyot fanlari doktori dotsent 2022-yildan boshlab boʻlim boshligʻi lavozimida ishlab kelmoqda.