2021 yil 20 yanvar – ToshPTIda «Inkubatsiya va akseleratsiya bo’limi» to’g’risidagi nizom imzolandi. Ushbu hujjat bo’lim ishining umumiy qoidalari, maqsadlari va vazifalari, IT-Park inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari bo’yicha o’qitish metodologiyasiga muvofiq boshlang’ich loyihalar uchun treninglar tashkil etishni o’z ichiga olgan bo’lim funktsiyalari kabi jihatlarini tavsiflaydi. Asosiy maqsad – ilg’or biznes g’oyalar va ilmiy ishlanmalarni tanlab olish, inkubatsiya qilish, innovatsion g’oyalarga ega iqtidorli talabalar va magistrlarni aniqlash, innovatsion va tadbirkorlik g’oyalarini tijoratlashtirish jarayonini tashkil etish, loyihalarni amalga oshirishga ko’maklashish.
2021 yil 13-yanvar – Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Innovatsiya markazida markaz xodimlarining IT PARK UZBEKISTAN texnoparki vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida Anastasiya Filippova boshchiligidagi IT PARK xodimlari Innivatsiya markazi faoliyati bo’lgan IT-loyihalarni va dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim loyihalarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini, xalqaro faoliyatni olib borilishi jarayonlari bilan tanishdilar. ToshPTI Innovatsiya Markazi qoshida «Inkubatsiya va akseleratsiya bo’limi» ni tashkil etish bo’yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar markaz xududi, ofis xonalari bilan tanishib, jihoz va uskunalar masalalari ham muhokama qilindi. ToshPTI rahbariyatiga hamkorlik haqidagi hujjatlar, shu jumladan «Hamkorlik to’g’risidagi memorandum» va «ToshPTI bazasida inkubatsiya bo’limi tashkil etilishi to’g’risida bitim» taqdim etildi. Yaqin kelajakda tomonlar hamkorlikning strategik rejasini ishlab chiqadilar va ushbu bo’lim ishga tushirilishi kutilmoqda.
2021 yil 10-yanvar – Institut va IT-park o’rtasida memorandum imzolandi. Memorandum axborot texnologiyalarini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qo’llab-quvvatlash uchun ekotizim yaratish va o’zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish uchun o’zaro manfaatdorlik asosida IT-ta’limni yaratish muhimligini hisobga olgan holda imzolandi; Bundan tashqari, u tomonlar o’rtasidagi hamkorlik yo’nalishlarini belgilaydi: donorlar bilan loyihalar, grantlar, startap ekotizimini rivojlantirish bo’yicha qo’shma loyihalar, individual dasturlarni amalga oshirish uchun o’qituvchilar va murabbiylar almashinuvi, universitet binolari va infratuzilmasini birgalikda rivojlantirish uchun loyihalar, shuningdek startap ekotizimini rivojlantirish uchun IT-park faoliyati uchun binolardan alohida foydalanish masalalari ko’rib chiqilgan.
2021 yil 8 yanvarda IT PARK texnoparki va ToshPTI Innovatsiya markazi vakillari o’rtasida uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuv davomida ITPARK bazasida olib borilayotgan ishlar asosida kelajakdagi mumkin bo’lgan hamkorlik va ToshPTI hududida inkubatsiya bo’limi ochilishi masalalari muhokama qilindi. Kelishuv doirasida yaqin kelajakda ToshPTI va IT Park o’rtasida hamkorlik to’g’risidagi memorandum va bitim imzolanishi uchrashuv davomida kelishib olindi, shuningdek qo’shma tashabbusni amalga oshirish bo’yicha amaliy ishlar boshlanadi.