Bo’lim faoliyatining asosiy yo’nalishlari:
• Talabalar bilimini «Yozma ish»va OSKE usuli bilan baholash uchun markazdagi barcha kompyuterlarni dasturlar bilan ta’minlash, ularni kiritish, texnik soz bo’lishini ta’minlash,
• Markazdagi texnik jixozlardan fojydalanish samaradorligini oshirish uchun doimo izlanish olib borish.
• Kompyuterlarda test nazoratini o’tkazish uchun ishlatilayotgan dasturlarni doimo nazorat qilish va ularni doimo mukammallashtirib borish.
• Test topshiriqlarini sifatini nazorat qilish, ularni kompyuterlar xotirasiga kiritib borish, «Test topshiriqlari bankini» yaratish va uni boyitib borish va «Yozma ish» savollari bankini yaratish.
• Institut o’quv bo’limi tomonidan tuzilgan yagona jadval asosida, dekanat xodimlari ishtirokida kompyuterlarda test nazorati va «Yozma ish» larni o’tkazishda test markazi xodimlarining ishtirokini ta’minlash.
• Institut kafedralarini talabalar bilimini Test nazorati, Yozma ish» va OSKE usullarida baholashni mukammallashtirib borish uchun kafedralar mutasaddi xodimlari bilan test topshiriqlarining pedagogik, psixologik va metodik asoslari bo’yicha mashg’ulotlar olib borish.
• Kafedralar tomonidan taqdim etilgan test topshiriqlarini test nazorati talablariga mosligini aniqlash va bu asosida institut o’quv uslubiy bo’limi bilan birgalikda tavsiyanomalar ishlab chiqish.
• Yakuniy nazorat o’tkazish uchun test topshiriqlarini xar bir fan buyicha o’quv dasturiga mosligini aniqlab ularni tizimlashtirish.
Bo’lim faoliyatini tashkil qilish va uni boshqarish:
• Bo’limni OTM rektori tomonidan tayinlangan bo’lim boshlig’i boshqaradi.
• Bo’lim xodimlari bo’lim boshligi tavsiyasi bilan OTM rektori tomonidan qabul qilinadi.
• Bo’lim boshlig’i bo’limning barcha faoliyatini institut Ustavi va bo’lim Nizomi asosida boshqaradi.
Bo’lim majburiyatlari:
• Talabalar bilimini «Yozma ish» va OSKE usuli bilan baholash uchun texnik va dasturiy ta’minot bilan taminlash.
• Institut kafedralarini Talabalar bilimini Test nazorati Yozma ish» va OSKE usullarida baholash usullarini mukammallashtirib borish uchun mutaxassis kadrlar tayyorlashga doimi ko’maklashish.
• Test topshiriqlarining va test nazorati sifatini talabalar bilimini, ularning o’quv materiallarini o’zlashtirish darajasini baholash sifatini jonli «muallim talaba» dialogi darajasiga yaqinlashtirish.
• Talabalar bilimini Test nazorati, «Yozma ish» va OSKE usullarida amaliy baholash.