Institutning missiyasi
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti moliyaviy va akademik mustaqillikka ega davlat oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. Institut oliy ta’lim va undan keyingi ta’limning asosiy va kasbiy ta’lim dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha faoliyatni, shuningdek o‘quv-uslubiy, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni hamda xalqaro hamkorlikni amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq ish olib boradi. Institut to’g’risidagi to’liq ma’lumotni institut veb-saytidan quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://tashpmi.uz/institute/ob-institute/
Institutga qarash
Institut davlat sohalari, idoralari va tarmoqlarining bir qismi bo‘lib, ularning rivojlanishida muhim o‘rin tutadi, yuqori malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash esa sog‘liqni saqlashning amaliyoti va ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirishga ham o‘z hissasini qo‘shmoqda. Bu esa aholiga yuqori malakali tibbiy yordam ko‘rsatishni takomillashtirish, aholining sog’lom qatlamini ko‘payishi va sog‘lom avlod yetishishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi va sog‘lom genofondni saqlashga ulkan hissa qo‘shadi. Uzluksiz rivojlanishni ta’minlashda institut o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘yadi va barqaror rivojlanish uchun barcha sharoitlarni yaratadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda institut quyidagi qarashga ega – «Bilimga ega bo’lish, amaliy tibbiyot sohasi mutaxassislarining bilim va ko’nikmalarini o’zlashtirish, professor-o‘qituvchilar va talabalarning ilmiy-tadqiqot va mintaqalararo, shuningdek, xalqaro hamkorligini rivojlantirishni ta’minlash orqali sog‘liqni saqlash tizimi uchun yuqori malakali tibbiyot kadrlarini tayyorlashda qulay muhit yaratish».
Institut missiyasi va qarashlarini amalga oshirish uchun institut quyidagi asosiy vazifalarni qo’yadi:
– yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash, mustaqil davlat fuqarosini barkamol va fidoyi shaxs sifatida shakllantirish;
– ilmiy-pedagogik xodimlar va talabalarning ilmiy-tadqiqot va ijodiy faoliyati orqali fanni rivojlantirish, olingan natijalardan o‘quv jarayonida foydalanish;
– oliy ma’lumotli va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
– aholi o’rtasida bilimlarni tarqatish, uning ma’rifiy va madaniy darajasini oshirish.
Institutning maqsad va asosiy vazifalari haqida batafsil ma’lumotni institut veb-saytidan quyidagi havola orqali olishingiz mumkin: https://tashpmi.uz/institute/ob-institute/