ANESTEZIOLOGIYA VA REANIMATOLOGIYA, BOLALAR ANESTEZIOLOGIYASI VA REANIMATOLOGIYASI KAFEDRASI

Kafedraning tashkil etilishi

   1980 yilda O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya Institutida 2-sonli Bolalar  xirurgiyasi kafedrasi qoshida Anesteziologiya va Reanimatologiya kursi tashkil qilinib , unga kurs mudiri etib t.f.n., dotsent Agzamxodjaev Talat Saidolimovich tayinlangan.

  1996  yilda ToshPMIda anesteziologiya va reanimatologiya kursi mustaqil kafedra sifatida ish boshladi. Kafedra tashkil etilgandan buyon kafedra mudiri vazifasida 1996-2020 yillar t.f.d., professor T.S.Agzamxodjaev faoliyat ko‘rsatgan. 2021 yildan t.f.d., professor Satvaldieva Elmira Abdusamadovna kafedra mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatayapti.

Kafedraning dastlabki xodimlari:

 Kafedra kurs sifatida faoliyatini boshlagan Anesteziolog reanimatologlar №14 va №10 shaxar bolalar shifoxonasida ikki tarkibida ishlaganlar:

  1. t.f.n., dotsent,Talat Saidolimovich Agzamxodjaev kurs mudiri
  2. t.f.n., assistent Toir Tuxtaevich Sharipov
  3. t.f.n., assistent Anvar Valievich Alimov
  4. t.f.n., assistent Maxmud Muslimovich Aliev
  5. t.f.n., assistent Damira Ashimovna Yeshimbetova

1972-2022 yillarda kafedrada ishlab ketgan xodimlar:

Alimov A.V t.f.d., professor

Aliev M.M t.f.d., professor

Nurmuxamedov X.A t.f.n., dotsent

Sharipov T.T t.f.n., dotsent

Usmanova G.M t.f.n., dotsent

Yem M.F t.f.n., dotsent

Gofurova M.A t.f.n., dotsent

Toxirov Sh.M t.f.n., dotsent

Malyutina L.V t.f.n., assistent

Xonov M.M t.f.n., assistent

Gorbunov A.E t.f.n., assistent

Xolmuxamedov B.M t.f.n., assistent

Iskandarova N.F assistent

Vedeneeva N.P assistent

Azizova L.E assistent

Najmitdinov B.L assistent

Xolmetov Sh.Sh assistent

Dunanov R.X. assistent

Toshbekova D.T. assistent

Solixujaev Sh.N assistent

Kafedraning ilmiy yunalishi:

“Tug‘ma va orttirilgan nuqsonli bolalarda anesteziya, reanimatsiya va intensiv terapiya uslublarini takomillashtirish “ ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha kafedrada ilmiy ishlar olib borilmoqda. Kafedrada shu yunalishda 4 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilindi.

Kafedra mudiri, t.f.d., professor Talat Saidolimovich Agzamxodjaev

1950-yilda toshkent shaxrida tug‘ilgan, o‘zbek. 1973-yilda O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya Institutini tugatgan. Moskva Davlat Tibbiyot Instituti Bolalar jarroxligi, Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi professori, Rossiya fanlar Akademiyasi akademigi V.A Mixelson raxbarligida 1979-yilda “Izmenenie simpatiko adrenalovoy sistemы v svyazi operatsiey i narkozom u detey “ ma’vzusida nomzodlik ishini ximoya qilgan.

  1984-yilda “Sentralnaya analgeziya v pediatrii” mavzusida doktorlik ishini himoya qilgan. 1992-yilda ToshPMI ilmiy ishlar prorektori, 1993-yildan 1999-yilgacha o‘quv ishlari prorektori vazifasini bajargan.

  1999-yilda Agzamxodjaev T.S ToshPMI klinikasi bosh vrachi etib tayinlangan. Klinikadagi bolalar kardiojarroxligi, plastik jarroxlik singari bo‘limlar, UTT, EEG tekshiruv xonalari uning rahbarligi ostida tashkil etilgan.

 2008-2019 yillar   ToshPTI Tibbiy pedagogika so‘ngra 1 Pediatriya fakulteti dekani lavozimida ishlagan.

2019-2020 yillarda ToshPTI ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlagagn.

Professor Agzamxodjaev T.S ToshPMI Ilmiy Kengashi azosi, TTA Ixtisoslashgan Kengashi rais muovini, Respublika Bolalar jarroxlari, anesteziolog – reanimatologlari jamiyatining azosi, Respublika anesteziolog-reanimatologlari va bolalar anesteziolog-reanimatologlari attestatsiya komissiyasi azosi. ToshPMI aprobatsion Kengashining azosi va Institut 1 Pediatriya fakultet Kengashining raisi, shuningdek, yevropa anesteziologiya Akademiyasining hamda yevropa og‘riqni o‘rganish assotsiyasining azosi bo‘lgan. O‘zR SSVda bolalar Bosh anesteziolog-reanimatologi vazifalarida faoliyat ko‘rsatgan.

Agzamxodjaev T.S o‘tgan davr mobaynida Golandiya, Avstriya, Misr, Koreya, Germaniya, Italiya, Amerika Qushma Shtatlari, Turkiya, Moskva, Sankt-Peterburgda bir necha bor o‘tkazilgan ilmiy amaliy konferensiyalarda, zamonaviy o‘qitish va davolash ishlari yuzasidan amalga oshirilgan tadbirlarda maqola, tezis va dokladlari bilan faol ishtirok etibgina qolmay nufuzli olimlar qatorida prezidium azosi sifatida ilmiy qarashlarini ifoda etgan. Agzamxodjaev Talat Saidolimovich O‘rta Osiyoda 1 – bo‘lib Bolalar anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasiga asos solgan ulkan olim, yirik mutaxassis. Uning raxbarligida 14 ta nomzodlik dissertatsiyasi va 4 ta doktorlik ishi himoya qilingan. Professor Agzamxodjaev T.S tomonidan:  500 dan ortiq ilmiy ish chop etilgan, shulardan 7 monografiya, 398 – ta ilmiy  maqola, 31 – ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 5 ixtiro, metodik qo‘llanmalar – 24 Informatsion xatlar – 10. Ilmiy xodimlar tayyorlashda faol ishtirok etgan.

Satvaldieva Elmira Abdusamatovna 1984 yilda O‘rta Osiyo Meditsina Pediatriya Institutini pediatriya fakultetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. 1984-1986 yillarda Moskva shahrida, 2 – Meditsina instituti, bolalar jarroxligi, travmatologiya, anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida klinik ordinaturani o‘tdi (raxbari akademik Mixelson V.A.), 1990 yildan boshlab ToshPMI – 2 klinikasida bosh shifokor o‘rinbosari bo‘lib ishladilar. 1992-1996 yillarda ToshPMI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida assistent lavozimida  ishladi. 1995 yildan tibbiyot fanlari nomzodi. 1996-1999 yillarda ToshPMI anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasida doktoranturani tugatdi. 2002 yildan tibbiyot fanlari doktori.

Klinitsist-olim, tibbiyot fanlari doktori, Satvaldieva I.A. tomonidan 424 – ta ilmiy ish chop etilgan, shulardan 7 monografiya, 298 – ta ilmiy  maqola, 31 – ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 4 ixtiro. Ilmiy xodimlar tayyorlashda faol ishtirok etadi. Satvaldieva E.A. Respublika anesteziolog va reanimatologlar  jamiyatini rais o‘rinbosari, SSVni bosh bolalar anesteziolog-reanimatologi. Milliy bolalar tibbiyot markazida anesteziologiya va jadal davolash  bo‘limi rahbari.