Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar ma`naviy odob ahloq tarbiyasining samarali shakl hamda usullarini tatbiq etishga yo`naltirilgan.
Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha tasdiqlangan tematik reja, kutubxona hamda ma`naviyat burchagi mavjud. Ishlar reja asosida barcha guruhlarda olib boriladi. Bundan tashqari kafedrada murabbiylik ishi ham olib boriladi, buning uchun har yili yillik murabbiylik rejasi ishlab chiqiladiki, u bo`yicha guruhlarda doimiy ravishda muloqotlar o`tkaziladi hamda O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning asarlari va ma`naviy-ma`rifiy tabiatiga ega materiallar muhokama qilinadi. Kafedraga I pediatriya fakul’tetining murabbiylik guruhlari biriktirilgan. Murabbiylik guruhlari bilan birga o`qituvchilar «Mustaqillik kuni», «Talabalar kuni», «Murabbiy va o`qituvchilar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Navro`z», 8 mart, va boshqa bayramlarda ishtirok etadilar. Murabbiylik guruhlarida talabalarda yuqori ma`naviy-ma`rifiy sifatlarni, vatanparvarlik hissini, o`zaro xurmat va ishonchni shakllantirishga yo`naltirilgan suhbatlar o`tkaziladi. Talabalar tomonidan quyidagi mavzularga bag’ishlangan ma`ruzalar tayyorlangan: «Oila xuquqi va manbalari», «Konstitutsiya», «Terrorizm», «Chekish va narkomaniyaning zarari haqida», «Ezgulik va rahmdillik haqida », «Shifokor vazifalari» va boshqalar.
Guruhlar murabbiylar bilan birga «Qaxramonlik», «San`at», «Tibbiyot», «Amir Temur», «Sport shon-shuhrati» muzeylariga, «Milliy dramatik teatr», «Abror Xidoyatov», «Ilhom» va shu kabi teatrlarga boradilar.
«Kamolot» dekanat bilan birgalikda doimiy ravishda kam ta`minlangan talabalarga moddiy yordam ko`rsatadi.Murabbiylar talabalarning talabalar yotoqxonasi hamda shaxsiy kvartiralarda yashash sharoitlari bilan tanishib boradilar. Imkoniyat darajasida ularga yordam ko`rsatadilar.
Axborot soatlari
• Kafedrada Prezident Farmonlari, Hukumat, Oliy o`quv yurtlari Vazirlari qarorlari, siyosiy hayot yangiliklari va shu kabilarni o`z ichiga olgan papka mavjud.
• Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarda faol muhokama qilinadi.
Murabiylik ishlar:
Dots. Karimova Sh.F. (112 guruh, 1-pediatriya fakulteti)
Dots. Ismoilova G.O. (111 guruh, 1-pediatriya fakulteti)
Dots. Akbarxodjaeva H.N. (102 guruh xalqaro pediatriya fakulteti)
Ass. Nishantaev M.K. (303 guruh, 1-pediatriya fakulteti)
Ass. Azizova N.M. (110 guruh, 1 pediatriya fakulteti)
ToshPTIda hotin-qizlar kengashi a`zosi: Dots. Akbarhodjaeva H.N.
Ma`naviy-ma`rifiy ishlar buiyicha javobgor: Dots. Akbarhodjaeva H.N.