Kafedra tarixi
Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutining «Biologik kimyo» kafedrasi 1972 yilda tashkil etilgan. Kafedrani birinchi mudiri dotsent Abdullaev Fayzullo Abdullaevich edi (1972-1974).
1975 yildan 1990 yilgacha kafedrani O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Aleksandr Ivanovich Nikolaev boshqargan. A. I Nikolaev noyob ilmiy maktab yaratdi. Uning rahbarligida 17 doktorlik va 90 dan ortiq nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan, 12 monografiya, 275 ilmiy maqola nashr etilgan. 1996 yildan boshlab biologik kimyo kafedrasi A.I. Nikolaev nomini oldi.
1991 yildan 2002 yilgacha kafedrani professor Rustam G’ulomovich Sultanov boshqargan. R.G.Sultanov rahbarligida 1 doktorlik va 4 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, 7 ta monografiya, 372 ta ilmiy maqola nashr etildi.
2002 yildan 2009 yilgacha kafedrani O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining akademigi Talat Saatovich Saatov boshqargan. U hozirgi kunga qadar kafedrada professor lavozimida ishlab kelmoqda. T.S. Saatov 20 yildan ortiq vaqt davomida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Biokimyo institutini boshqarib kelmoqda. T.S. Saatov rahbarligi ostida 8 doktorlik va 30 nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi, 6 monografiya, 3 darslik, 12 o’quv qo’llanma va 450 dan ortiq ilmiy maqolalar, shu jumladan 16 dan ortiq patentlar chop etildi.
Anorganik va analitik kimyo kafedrasi 1972-1973 o’quv yilida tashkil etilgan. Uning birinchi rahbari A.Yu. Yo’ldoshev (1972-1974). 1974 yildan 1994 yilgacha kafedrani X.X. Xakimov, 1994 yildan 1997 yilgacha kafedrani S.R. To’laganov. 1997-1998 o’quv yilida kafedrani A.A. Akbarov. 1998-2001 yillarda kafedrani R.G. Sultanov va 2002 yildan hozirgi kungacha Nazira Tillyaxodjaevna Alimxodjaeva «Bioanorganik va bioorganik kimyo» kursi mudiri.
1990 yilda noorganik va organik kimyo kafedralarining birlashishi natijasida Umumiy va Bioorganik kimyo kafedrasi tashkil etildi.
1992 yilda noorganik, organik va biologik kimyo kafedralarining birlashishi natijasida Organik va biologik kimyo kafedrasi tashkil etildi.
1997 yilda tibbiy va biologik kimyo kafedrasi qayta tashkil etildi. 2002 yilda kafedralarning bo’linishi natijasida Umumiy kimyo kafedrasi qayta tashkil etildi. 2005 yildan boshlab, O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim vazirligining buyrug’i bilan kafedralarning birlashishi asosida «Bioanorganik va bioorganik kimyo» kursi tashkil etildi.
2009 yildan 2017 yillarda kafedra Biologik, bioanorganik va bioorganik kimyo deb nomlandi. Kafedra mudri biologiya fanlari doktori, professor Nasirjan Muxammedjanovich Yuldashev.
2017 yildan hozirgi kungacha «Biologik, bioanorganik va bioorganik kimyo» va «Tibbiy biologiya va umumiy genetika» kafedralari birlashtirildi; «Tibbiy va biologik kimyo, tibbiy biologiya va umumiy genetika» kafedrasi deb yuritilmoqda Kafedra mudri N.M. Yo’ldoshev.
Tibbiy kimyo kursi professor-o’qituvchilari:
Dotsentlar: Alimxodjaeva N.T., Arifjonov S.Z., Ayxodjaev B.K., Ikromova Z.A., Sulaymonova G.G., assistentlar: Azimov A.M., Qodirov M. va Maxmudov R., kurs rahbari dotsent Ikromova Z.A.