26 avgust 1972 yilda tillar kafedrasi tuzildi. Kafedrada 5 til (rus, lotin, ingliz, nemis, franstuz) o’qitilar edi. Kafedra mudiri etib katta o’qituvchi Balыbina I.A. saylangan va 1975 yilgacha ushbu kafedrada rahbarlik qilgan. Kafedrani tashkil qilishda pedagoglar Goldzand L.G., Abdusattarova Z.L., Vilderman S.I., Kulbastkaya N.M., Shomansurova M.A., Raximova E.Z. faol ishtirok etishgan. 17 dekabr 1975 yildan 1997 yilgacha kafedrada filologiya fanlari nomzodi, dostent Fayzullaeva R.A. mudirlik qilib keldi. 23 sentyabr 1976 yilda chet tillar kafedrasi tuzildi. 1985 yilda lotin tili bo’limi maxsus kurs bo’lib ajralib chiqdi. Bu kursga katta o’qituvchi Berezovskaya R.A. rahbarlik qilmoqda. Kafedra jamoasi tomonidan bitta monografiya, 29 maqola, 10 uslubiy qo’llanma, 6 o’quv qo’llanma bosilib chiqarildi. 1989 yilga qadar o’qish o’zbek tilida olib boriladigan guruhlarda chet tili umuman o’qitilmas edi. Faqat 1989-1990 o’quv yilidan boshlab bu guruhlarda chet tili kiritiladigan bo’ldi. Kafedra xodimlari bir necha Butunittifoq o’quv – uslubiy konferenstiyasida ishtirok etganlar. Fayzullaeva R.A. 1980 yilda Minskda, 1982 yilda Respublika ilmiy-metodik konferenstiyasda ishtirok etganlar. Fayzullaeva R.A., Vilderman S.I. 1983 yil Erevanda bo’lib o’tgan Butunittifoq o’quv – uslubiy konferenstiyasida qatnashganlar. Fayzullaeva R.A. 1985 yil Vitebskda bo’lib o’tgan “Medistina institutlarida chet tillarni o’qitish muammolari”ga bag’ishlangan III Butunittifoq konferenstiyasida va 1988 yil Grodnoda bo’lib o’tgan Fakultativ sharoitda o’quv jarayonini takomillashtirish muammolariga bag’ishlangan seminarda ishtirok etdilar. 1989 yil Samarqandda bo’lib o’tgan Ilmiy –uslubiy konferenstiyada Fayzullaeva R.A., Kamilova M.Sh. qatnashganlar. Kafedra mudirasi Fayzullaeva R.A. 1983 yil germanistlarning Xalqaro malaka oshirish kursini o’tgan, 1 Moskva medistina institutida malakasini oshirgan. (1991, 1989). Kafedra pedagoglari o’z bilimlarini Moskva va Leningrad medistina institutlarida oshirishgan. Raximova E.Z., Shomansurova M.A., Kamilova M.Sh. 1-chi Pirogov nomidagi Moskva meditsina institutida malakasini oshirishgan. 1997 yildan boshlab p.f.n. Akramova L.Yu. rahbarlik qilgan. 1999 yildan boshlab kafedrada AQSh Tinchlik Korpusining ko’ngilli Rubi Long xonum faoliyat ko’rsatdi va ishladi. Ular tashabbusi bilan kafedrada talabalar “English Club”ga qatnab, u erda video filmlar, adabiyotlar bilan tanishdilar, turli xil o’yinlar o’ynadilar. Chet tilining kasbiy tayyorlash bo’yicha institutimiz yangi fakultet “Oliy toifali xamshira” va magistratura ochilishi munosabati bilan kafedra bu yo’nalish bo’yicha namunaviy dastur asosida yangi ishchi dasturlari tuzildi. Xamshiralar uchun institut orqali yangi adabiyotlar olindi va ular o’z mutaxassisligi bo’yicha chet tillarini o’rganishyapti. Kafedra chet el elchixonalari yordamida ko’pgina adabiyotlar va video kassetalar olgan va amaliy darslarda qo’llashyapti . Kafedra o’qituvchilari: Kamilova M.Sh., Aymetova X.D., Nabieva D.R., Rasulova P.R., Axmedova M.M. 1998-2001 yillarda Soros fondi tashkil qilgan ESP kursi bo’yicha seminarlarda qatnashgan va sertifikat olganlar. 1998 yildan boshlab chet tilidan o’tkazilayotgan Respublika Olimpiadasida bizning talabalarimiz sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqda. 2003 yil dekabr oyidan 2014 sentyabr oyiga katta o’qituvchi Kamilova M.Sh. kafedra mudiri lavozimida bo’lgan. Kafedri mudiri bo’lgandan buyon davlat ta’lim standartlari va tipovoy programmasi talabalariga mufoviq ishchi dasturi tuzildi. Amaliy mashg’ulotlarni yuqori uslubiy darajada olib borishga va o’qituvchilarning ilg’or tajriba va uslubiyotlarini o’rganib, umumlashtirib yangi pedagogik texnologiyalarni qo’llashga e’tibor kuchaytirildi. Iqtidorli talabalar bilan ishlashni, ularni xorijiy tillar bo’yicha olimpiadalarga qatnashishga jalb qilindi. 2004 yildan boshlab xorijiy tillar kafedrasi TIJga qatnashish tashkil etildi. Har yili talabalar TIJda ishtirok etadilar va sovrinli o’rinlarni egallab kelmoqdalar. Har bir o’qituvchi 2-3 yilda bir marotaba malakasini TMA, O’zDJTU va TATUda oshirib, olgan yangi o’quv uslublari bilan kafedra o’qituvchilarini tanishtiradi va o’quv jarayonida ularni qo’llashni tavsiya qilishadi. Kafedra o’qituvchilari TDYuI, TDPU, O’zDJTUda o’tkaziladigan ilmiy-uslubiy konferenstiyalarida o’z maqola, tezislari bilan faol qatnashib tajriba almashadilar. Oxirgi uch yilda kafedra tomonidan 1 ta darslik, 5 ta o’quv qo’llanma va 1 ta sohaviy lug’at tayyorlangan. Bu maqsadlarga erishish uchun kafedra o’qituvchilari o’z ustilarida ko’p ishlaydilar. O’qituvchilar kasbiy mahoratlarini oshirishadi. Dasturga muvofiq har yangi o’quv yilida fanning ishchi dasturi ishlab chiqiladi va undagi o’qitish uslubiyoti va nazoratida o’zgarishlar, yangi pedagogik texnologiyalar hisobga olinib, har bir mavzuga kerakli tuzatishlar kiritilib kafedra majlisida muhokama kilinadi. Ishchi dasturda nazariy va amaliy mashg’ulotlar, mustaqil ta’lim rejalari to’liq aks ettiriladi. Har bir o’qituvchi 2-3 yilda bir marotaba malakasini oshirib, olgan yangi o’quv uslublari bilan kafedra o’qituvchilarini tanishtiradi va o’quv jarayonida ularni qo’llashni tavsiya qilishadi. Kafedra o’qituvchilari TDYuI, TDPU, O’zDJTU va TDMIda o’tkaziladigan seminar, konferenstiyalarida o’z maqola, tezislari bilan faol qatnashib tajriba almashadilar. Oxirgi yillarida birinchi kurs talabalar uchun yangi kitoblar foydalanib kiritildi: Total English Elementary (Mark Foley, Diane Hall) 2013-2014 ukuv yillida, Scale Up (Jalaliddinov M., Hodjieva R., Karimova D., Kasimova Z., Samatova B., Shahakimova M., Shamsimatova M., Tursuniova M..) 2014-2015 yilda. 2014 yil oktyabr oyidan boshlab docent Buranova D.D. kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Xozirgi kunda kafedra mudiri D.D.Buranovaning ilmiy va amaliy rahbarligi bilan o’quv jarayonida chet tilida dars mashg’ulotlarida masofaviy o’qitishni integratsiyalash uchun interfaol ta’lim texnologiyalari asoslari, o’quv jarayoniga innovatsion usullar joriy etilmoqda, kasbiy tibbiy kompetentsiya, diagnostika va kasbiy muammolarni chet tilida hal etishga tayyorlik darajasi monitoringi ishlab chiqilmoqda va o’quv amaliyotida qo’llaniladi.
2019 yildan boshlab kafedra Sankt-Peterburg Davlat Pediatriya Tibbiyot Universiteti bilan faol hamkorlik qilmoqda, xalqaro konferentsiyalarda ishtirok etish.
Institutning asosiy binosida kapital rekonstruktsiya ishlari boshlanganda kafedra yangi binoga ko’chib o’tdi. Kafedrada sakkiz o’quv xonasi, bosh kabinet, laboratoriya va yordamchi xonalar mavjud. O’quv ishlarida kompyuterlar, multimediya proektori, grafik proyektor, televizorlar, audio magnitafonlar, CD va DVD pleyerlardan foydalaniladi. Kafedrada tibbiyotning barcha sohalari bo’yicha ingliz tilidagi katta o’quv-uslubiy, ilmiy adabiyotlar va asl tibbiy jurnallarning katta kutubxonasi mavjud.