Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:
– Asab kasalliklari va bolalar asab kasalliklari, tibbiy genetika kafedrasi
– Akusherlik va ginekologiya, bolalar ginekologiyasi kafedrasi
– Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi
– Bolalar kasalliklari propedevtikasi kafedrasi
– Biofizika, tibbiy informatika kafedrasi
– Gospital bolalar xirurgiyasi kafedrasi
– Gospital pediatriya № 2, xalq tabobati kafedrasi
– Neonatologiya kafedrasi
– Yuqumli kasalliklar va bolalar yuqumli kasalliklari, ftiziatriya va pulmonologiya kafedrasi
– Fakultet pediatriya kafedrasi
– Onkologiya, bolalar onkologiyasi kafedrasi
– Onkologiya, onkogematologiya va radiatsion onkologiya kafedrasi
Fakultet kafedralarida 176 nafar professor-o‘qituvchilar talaba, magistrant va klinik ordinatorlarga tahsil berib, ularning soha sirlarini egallashlarida ustozlik qilib kelmoqdalar. 2022-2023 o‘quv yili yakuniga ko‘ra fakultet kafedralari professor-o‘qtuvchilarining ilmiy salohityai 52,8% ni tashkil etib, ularning 26 nafari fan doktori (DSc) va 67 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega. Yakunlangan o‘quv yilida fakultet kafedralari olimlari tomonidan 11 ta, shu jumladan, 2 ta DSc va 9 ta PhD ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishi muvofaqiyatli himoya qilindi.