Toshkent Pediatriya tibbiyot instituti Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasi 2018 yil 30-iyunda tashkil etilgan. Kafedra mudiri etib professor Yuldаshev Ilhom Ro’ziyevich tayinlandi.
Kafedra Klinik allergologiya kursi hamda Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kurslari asosida tashkil etildi. Klinik allergologiya kursi 1992 yil Xaqberdiyev M.M. tomonidan tashkil etilgan. 1993 yildan kursga professor Yuldoshev I.R. rahbarlik qilgan. Kursda 6-kurs talabalari “Klinik allergologiya” fani bo’yicha ta’lim olab kelgan. Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kafedrasi 1972 yil tashkil qilindi. Professor N.O.Zokirov kafedra mudiri etib tayinlanadi.
1997 yildan kafedraga mudir qilib t.f.d. Mirzaeva M.A. tayinlangan. 2010 yildan kafedra “Tibbiy biologiya, genetika” kafedrasiga, 2012 yildan boshlab “Bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasi tarkibiga qo’shildi va Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya kursi sifatida faoliyat olib boradi. Kursda bakalavriyat bo’yicha pediatriya, tibbiy pedagogika va davolash ishi fakul’tetlarining 2 kurs talabalari, Oliy hamshiralik ishi fakul’tetining 1 kurs talabalari “Mikrobiologiya, virusologiya va immunologiya” fanlari bo’yicha ta’lim oladilar.