Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar yo’lga qo’yilgan. Institut ma’naviyat-ma’rifat bo’limi tomonidan tuzilgan yillik ish reja asosida kafedra ma’naviy-ma’rifiy ishlari yillik ish rejasi tuzib chiqiladi va shu yillik ish reja asosida kafedra tomonidan ishlar olib boriladi. Rejada ko’rsatilgan davra suxbatlari tadbirlar kafedra professor o’ituvchilari tomonidan o’z guruxlarida oyma-oy o’tkazib boriladi. Xozirda kafedrada ma’naviy-marifiy ishlarni kafedra murabbiy-o’qituvchilari bilan birgalikda yillik reja asosida olib borish yo’lga qo’yilgan. Bunga ko’ra I va II-Pediatriya fakulteti kuratorlik guruhlarida xaftada bir marta, fakultet chiqargan dars jadvalidagi qo’yilgan TTA soatlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib borilmoqda.

Talabalar bilan

Talabalar orasida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni rejadagi qayd etilgan dolzarb mavzularda kafedra professor-o’qituvchilari nafaqat murabbiylik guruhlarida, balki kafedrada taxsil olayotgan talabalariga ham amaliy mashulotlarni boshlashdan oldin 10-15 minut davomida yoritib borish yo’lga qo’yilgan.Shu maqsadda har yili kafedraga keladigan talabalariga o’quv yilini boshida barcha guruxlarda shaxsning ma’naviy kamolotini ta’minlash yunalishida «Talabaning ma’naviy qiyofasi» mavzusida va shaxsning axloqiy fazilatlaridan; xushaxloqlik, kamtarinlik, mehnatsevarlik, vijdonlilik, samimiylik, adolatlilik, mehribonlik, sahovatlilik, g’amxo’rlik kabi xislatlari xaqida tarbiyaviy suxbatlar olib borish odat tusiga kirgan. Diniy bilim va madaniyatni shakllantirish yunalishida «Islom dini barikeng dindir» mavzusi asosida kafedrada mashulotlar oraliidagi katta tanafusslarda auditoriyalardagi telvizorlar orqali multimediya va videofilmlar muntazam namoyish etilmoqda.  Mafkuraviy immunitet va oyaviy kurashchanlikni shakllantirish «Ma’naviy tahdidlar va ularga qarshi kurash» mavzusida murabbiylik gurux ta’labalari bilan kafedra professor-o’qituvchilari va mutaxasisslar ishtirokida multimediya va videofilmlar yordamida davra suhbatlari o’tkazilmoqda.