Allergologiya, klinik immunologiya, mikrobiologiya kafedrasida dars berish jarayoni yangi texnologiya uslublari orqali beriladi (grafik organayzer, loyiha, keys uslublari, multimediya ma’ruza materiallari). Xodimlar fanlar bo’yicha zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llagan holda o’quv-uslubiy tavsiyalar, o’quv qo’llanmalari va darsliklar yaratishda faol ishtirok etishmoqda. Hozirgi kunda ular tomonidan 4 ta uslubiy qo’llanmalar va o’zbek (lotin) tilida kitob bosmaga berilgan. Kafedra ilmiy yo’nalishi: Bolalarda kechayotgan allergik kassaliklarni xususiyatini o’rganish.