Onkologiya va bolalar onkologiyasi kursi Xurmatli dostlar, Saytimizga xush kelibsiz! Bizning saytimiz tibbiyotning asosiy yo’nalishlaridan biri xisoblangan onkologiya yo’nalishi,butun insoniyat kurashayotgan “Saraton” kasalligi xaqida ma’lumotga boyitilgan. Umid qilamizki, internet tarmogida tashkil etilgan ushbu informastion loyixa insonlarning saraton bilan kasallanish vaximasini kamaytirishga, bundan tashқari boshқa yo’nalishlardagi shifokorlarning va yosh kelajak avlod shifokorlarining saytimizga tashrifi ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam sifatini oshirishga, saraton bilan kasallangan bemorlarni boshlangich bosқichlarida tashxislash va bu o’z navbatida bemorlarning tuzalish extimolini oshirishga olib keladi. Onkologiya kursi, O’rta Osiyo Pediatriya Medistina institutining (ҳozirgi ToshPMI) “Bolalar xirurgiyasi” kafedrasiga tegishli kurs sifatida 1972 yilda tashkil etilgan. Kursning birinchi mudiri etib t.f.n., dostent Ligay Timofey Andreevich (1924-1997) tayinlangan. Ligay T. A. 1996 yilga qadar kurs mudiri sifatida faoliyat yuritgan. Ligay Timofey Andreevich 1946 yilda Toshkent tibbiyot institutining “davolash ishi” fakultetini tamomlagan. Keyinchalik 1952 yilda “Umumiy xirurgiya” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 1996 yilda “O’zbekiston xududida teri saratonini tarқalishining o’ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertastiyasini ximoya qilgan. Kursning bazasi esa Toshkent shaxar onkologik dispanseri xududidagi, Respublika bolalar onkologiyasi markazida joylashgan. Uzbekiston tarixida bolalar onkologlari, Timofeya Andreevichning shogirdlari bo’lib, ular Respublikamizda bolalar onklogiyasini rivojlanishiga katta xissa qo’shishgan. Mun Mixail Afanasevich (1950- 2008y.y). 1978 yilda Urta osiyo Pediatriya tibbiyot institutining “Pediatriya” fakultetini tamomlagan. 1980-82 yillarda “Bolalar xirurgiyasi” yo’nalishi bo’yicha klinik ordinaturani tamomlagan. 1986 yilda Butun Ittifoq Onkologiya Ilmiy Institutida (sobik SSSR) bolalar onkologiyasi bo’yicha birlamchi ixtisoslashuv o’tagan va “onkologiya” kursida assistent lavozimida faoliyat yuritgan. 1996-1998 yillar mobaynida onkologiya kursining mudiri sifatida faoliyat yuritgan. 1998-2008 yillarda onkologiya kursi yopilgan bo’lib, onkologiya fani bo’yicha darslar “Bolalar gospital xirurgiyasi,urologiyasi va onkologiyasi” kafedrasiga o’tkazilgan. Mixail Afanasevich ushbu kafedra assistenti sifatida onkologiya fanidan o’қituvchilik faoliyatini olib bordi. 2008 yil 24 dekabrda ToshPTI rektori professor Alimov A. V. ning buyrugi bilan “Onkologi va bolalar onkologiya ” kursi tashkil etilib, kurs mudiri sifatida professor Xakimov Golib Abdullaevich tayinlandi. Xozirgi vaqtda kursda quyidagi xodimlar faoliyat yuritishmoқda: t.f.d. professor Ғ. A. Xakimov, t.f.n. Xakimova Sh.G, assitentlar X. I. Jumaniyozov, Sh. V. Ziyaev, Sh. Sh. Qodirov, Musurmonov H.U., Usmonova Sh.T . “Onkologi va bolalar onkologiyasi” kursining asosiy bazasi Toshkent shaxar onkologik dispanseri xisoblanadi. Dispanser 225 ta stastionar davolanuvchi be’morlarga mo’ljallangan. Stastionar strukturasiga qo’yidagi bo’limlar kiradi: Kuniga 150 ta bemorga mo’ljallangan Konsultativ poliklinika ,bosh va bo’yin shishlari xirurgiyasi bo’limi,ko’krak bezi saratoni xirurgiya bo’limi,onkourologiya xirurgik bo’lii, onkoginekologiya xirurgik bo’limi, torakoabdominal onkologiya xirurgik bo’limi, bolalar onkologiyasi xirurgik bo’limi, qon quyish bo’limi, kimyoterapiya bo’limi, odam usmasi patologiyasi bo’limi, endoskopiya bo’limi, kompleks laboratoriya bo’limi. Dispanser tarkibidagi klinik onkologiya yo’nalishining barcha turlarining borligi, kattalar va bolalar onkologiyasi bo’yicha yosh mutaxasislarni yuqori saviyada tayorlashda katta axamiyatga ega. Onkologiya bolalar onkologiyasi kursida ToshPTI tibbiy- pedagogika fakultetining V –VI kurs, pediatriya fakultetining VI kurs, xamda oliy malakali xamshira fakultetining III kurs talabalari shugullanadilar. Bundan tashqari kursda onkologiya ixtisoslashtirilgan yo’nalishi bo’yicha klinik ordinatorlar bilim oladilar. Onkologiya va bolalar onkologiyasi kursi Respublikamiz xududidagi barcha Tibbiyot oliygoxlarining xirurgik kafedralari bilan, Respublika onkologiya ilmiy tekshirish markazi, chet el mamlakatlaridagi onkologiya muassasalari bilan, xususan akademik N. N.Bloxina nomidagi Rossiya Onkologiya Ilmiy Markazi bilan doimiy muloqotda bo’lib xamkorlik ishlarini olib boradi. N. N. Bloxin nomidagi Rossiya onkologiya ilmiy tekshirish markazi bilan tuzilgan shartnoma asosida kurs xodimlari va amaliyot shifokorlari tajriba va malakalarini oshirishga muvafaq bo’lishdi. Kurs xodimlari yangi metodik qo’llanmalarni, kitoblarni, o’quv qo’llanmalarni ishlab chiqishda faol ishtirok etadilar. Bundan tashqari kurs xodimlari, klinik ordinatorlar, ilmiy izlanuvchilar dunyo miqiyosidagi konferenstiyalarda, kongresslarda va simpoziumlarda aktiv ishtirok etib kelmoqdalar.