O`zbekiston Respublikasida tug’ilish darajasi yuqori bo`lib, har yili o`rtacha 500 mingga yaqin bolalar tug’iladi. Perinatal davrdagi kasallanish esa butun dunyodagi va xususan bizning Respublikamizdagi bolalar o`limini etakchi sabablardan biri bo`lib qolmoqda. SHuning uchun xam chaqaloqlar kasalliklarini sabablari, erta diagnostikasi hamda davolashni samarali usullarini amaliyotga tadbiq qilish masalalarini izchil o`rganish va neonatolog shifokorlarni tayyorlash maqsadida Toshkent Pediatriya Tibbiyot  Institutida neonatologiya kafedrasi tashkil qilish zaruriyati tug’ildi.

Toshkent Pediatriya Meditsina instituti Ilmiy kengashi majlisining 1997 yil 28 maydagi 11 son qaroriga asosan 1997 yil 1 sentyabrdan neonatologiya kafedrasi 6.25 shtat birligida tashkil etildi. Mudir lavozimiga tibbiyot fanlari nomzodi Maxamadjonova Muxtabar Ortikovna tayinlandi. Kafedra quyidagi xodimlar tarkibida ish faoliyatini boshladi: dotsentlar Ismailova M.A., Gulomova M.A., Raxmankulova Z.J., assistentlar t.f.n. Amizyan N.M., t.f.n. Molokova L.I., Ganieva SM., Ismailova B.A., Umarov B.A.

1997 yildan beri kafedrada 5 va 6 kurs talabalari neonatologiya, 2 kurs talabalari esa yangi tug’ilgan chaqaloqlarni parvarishlash fanidan tahsil olib kelmoqdalar. 2002 yildan neonatologiya kafedrasida magistratura ochildi.

Kafedra o`z ish faoliyatida O`zbekiston pediatriya maktabi asoschilari akademik SHamsiev Sayfi SHamsievich, sobiq 4 son bolalar kasalliklari kafedrasi mudiri tibbiyot fanlari doktori professor Bodnya Irena Arkad’evna boshlab bergan an`analarni davom ettirib kelmoqda. Xozirgi vaqtga kelib kafedra 13,75 shtatga kengaydi. 2002 yildan kafedrani professor Alimov Anvar Valievich boshqarmokda. Kafedra xodimlari tarkibini 5 ta dotsent, 6 ta assistent, ulardan 2 tasi t.f.n. tashkil etadi.

Kafedra tomonidan o`tgan davrda 85 ta yosh mutaxassislar tayyorlandi. 2000 yilda kafedra qoshida tuzilgan ToshPTI Pediatrlar Assotsiatsiyasi tarkibidagi Toshkent shaxar neonatologlar sektsiyasi o`z ishini boshladi.

Kafedra xodimlari Respublika sanitar aviatsiyasi yunalishi buyicha doimiy ravishda sog’liqni saqlashni amaliyot tizimiga o`z yordamlarini ko`rsatib kelmoqdalar.

O`z faoliyatini besh yili davomida kafedrani barcha xodimlari malaka oshirish kurslarida o`qidilar. Bundan tashkari AQSH va Finlyandiya davlatlarida, Moskva (Rossiya), L’vov(Ukraina), Bishkek(Qirg’iziston) va Xitoy davlatida kafedrani etakchi xodimlari malaka oshirib qaytdilar.

Kafedra tashkil etilganidan beri 2ta darslik, 3 ta o’quv qo’llanma, 25 ta uslubiy qo`llanma chop etildi, 150 dan ortiq ilmiy maqolalar Respublika va horijiy jurnallarda chop etildi. Kafedra xodimlari 5 ta xalqaro anjumanlarda tashkiliy qumita a`zolari sifatida va o`z ma`ruzalari bilan faol ishtirok etishdi.

2002 yilda barcha xodimlar yangi tug’ilgan chaqaloqlar reanimatsiyasi kursini tugallab, O`zR SSV xamda Amerika Xalqaro Sog’liqni saqlash ittifoqi sertifikatlarini oldilar. Kafedra xodimlari xalqaro fondlar, YUNISEF(BMT), YUSAID(AQSH), Jayka(YAponiya) tashkilotlari bilan faol xamkorlik olib bormoqdalar. SHu bilan birgalikda ular «Oilaviy ta`lim», «Tirik tug’ilish mezonlari», «Bolalar kasalliklarini integirlashgan holda olib borish» hamda O`zbekiston Respublikasida bolalarni A – vitamini bilan vitaminizatsiyalash» xalqaro loyixalarda ishtirokchi sifatida ish olib borishmoqda.