Kafedra Toshkent shaxar Mirzo-Ulugbek tumani 5-bolalar kasalxonasida joylashgan. Kasalxonani muddatiga etmay tug’ilgan chaqaloqlarni patologiyasi bo`limida (120 koykali) amaliy mashg’ulotlar o`tkaziladi. Bundan tashkari amaliy mashg’ulotlarni utish uchun kasalxonani klinik-funksional, klinik-bioximik taxlil, chaqaloqlarni jonlantirish va emizikli chaqaloqlar bo`limlaridan xam keng foydalaniladi. Kafedraning 5 ta o`quv xonasi, ma`ruza zali va 1 ta komp’yuter xonasi kasalxonani 3 qavatida joylashgan. Toshkent shaxar Mirzo-Ulug’bek tumani 5-bolalar kasalxonasida 2011 yil yanvar’ oyidan ta`mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan kafedra o`z faoliyatini 1-sonli Shaxar Klinik Bolalar Shifoxonasida (3 ta o`quv xonasi), 1-Shaxar Perinatal Markazida (4ta o`quv xonasi) va 8-sonli tug’ruq kompleksida (1 ta o`quv xonasi) olib borayapti.
Yangi o`quv xonalarida kafedra o`z mablag’lari xisobidan ta`mirlash ishlarini olib bordi. Kafedrada 19 xil mavzu buyicha talabalar va shifokorlar uchun o`quv videofil’mlari bor. SHulardan 1 tasi postasfiksiya sindromiga bag’ishlangan – ingliz tilida, 2 tasi – ovkatlantirish tug’risida, 2 tasi tug’ruk, 2 tasi tug’ma nuksonlar va MNS jaroxatlari, 1tasi muddatiga etmay tug’ilgan chaqaloqlar, 1tasi chaqaloqlardagi teri kasalliklariga bag’ishlangan (rus va o`zbek tilida), 1tasi homila rivojlanishini orqada qolishini aniqlash (rus tilida), 2ta homilani paydo bo`lishi va ona qornida rivojlanishi (rus tilida), 1ta –“Rebenok persona №1” (rus tilida). Shu bilan birga kafedrada oliy malakali xamshiralar xam neonatologiyadan sikl o`tishdi. Kafedrada yil davomida “Perinatal patologiya bilan tug’ilgan chaqaloqlarni moslashuv davrida ichki a`zolar holati” mavzusi bo`yicha ilmiy – tadqiqot ishlari bajarilayapti.