Fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralar:
– Ichki kasalliklar, nefrologiya va gemodializ kafedrasi
– Oilaviy shifokorlik №1, jismoniy tarbiya, fuqarolar muhofazasi kafedrasi
– Oilaviy shifokorlik №2, klinik farmakologiya kafedrasi
– Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasi
– Teri-tanosil kaslliklar, bolalar teri-tanosil kasalliklari va OITS kafedrasi
– Tibbiy radiologiya kafedrasi
– O’zbek tili va dabiyoti kafedrasi
– Umumiy xirurgiya, topografik anatomiya va operativ xirurgiya asoslari kafedrasi
– Farmakologiya, fiziologiya kafedrasi
– Xirurgik kasalliklar kafedrasi
– Endokrinologiya va bolalar endokrinologiyasi kafedrasi
Fakultet kafedralarida 194 nafar professor-o‘qituvchilar talaba, magistrant va klinik ordinatorlarga tahsil berib, ularning soha sirlarini egallashlarida ustozlik qilib kelmoqdalar. 2022-2023 o‘quv yili yakuniga ko‘ra fakultet kafedralari professor-o‘qtuvchilarining ilmiy salohityai 53,6% ni tashkil etib, ularning 34 nafari fan doktori (DSc) va 70 nafari fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega. Yakunlangan o‘quv yilida fakultet kafedralari olimlari tomonidan 18 ta, shu jumladan, 2 ta DSc va 16 ta PhD ilmiy darajasi uchun dissertatsiya ishi muvofaqiyatli himoya qilindi.