Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Oftalmologiya kafedrasi 1972 yil 20 avgustda tashkil topgan. Kafedraning asosiy bazasi Toshkent viloyat Ko’z kasalliklari shifoxonasida joylashgan edi. Uning birinchi mudiri dotsent (1982 yildan – professor) Levchenko Oksana Glebovna (1972-1993 yy.) bo’lgan. 1993 yildan 2009 yilgacha kafedrani dotsent Zoxidov Bosit Obidovich  boshqargan. 1983 yil kafedra shaxar bolalar klinik shifoxonasida joylashadi. Respublika bolalar ko’z markazi, 80 o’rinli bolalar ko’z bo’limi ochiladi. Shu yillar davomida kafedrada tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Mirzaev Xasan Mirzaevich,  tibbiyot fanlari nomzodi Maxkamova Xamida Maxkamovna, tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Eliseeva Svetlana Grigorevna, tibbiyot fanlari nomzodi Tabachkova Zinaida Andreevna, assistent Shirin Vladimir Viktorovichlar faoliyat yuritishgan. 1996 yil kafedra ToshPMI II klinikasiga ko’chiriladi va klinikada bolalar ko’z kasalliklari bo’limi ochiladi. Bir yildan so`ng kafedra xalqaro nodavlat notijorat tashkiloti «Mercy Project»- «Mexr Loyixasi» bilan hamkorlikda ish boshlaydi. Tashkilotning kafedrada ochilgan «Umid nuri» bo’limi ko’zi ojiz bolalarga yordam ko`rsatish uchun faoliyat olib boradi. Tashkilotning asosiy maqsadlari yosh oftalmologlarni jarroxlik ko’nikmalarga o’rgatish, kafedrani zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash, ko’rish bo`yicha nogiron bolalarga amaliy yordam ko’rsatish, shu bilan birga Respublikamizda nogiron bolalarni sonini kamaytirish. Shu loyixa asosida kafedrada chet ellik shifokorlardan doktor Jey MakKollum (AKSh) va doktor Neil Rodjerslar (Buyuk Britaniya) faoliyat yuritishgan. Xamkorlikdagi ish 2008 yilgacha davom etgan. Shu yillar davomida 14 ta «Katarakta» aktsiyalari o’tkazilib, ko’zi ojiz bolalar maktab-internatlarida 4600 tekshiruvlar amalga oshirildi, klinikada 13000 dan ortik bolalarga amaliy va konsultativ yordam ko`rsatildi, 4000 dan ziyod tug`ma va orttirilgan ko’z kasalliklari bor bolalarga turli operatsiyalar o’tkazildi. Oftalmoplastika, vitreal xirurgiya, g`ilaylikni atipik tularini yangi jarroxlik usullari, lazerli jarroxlik yo`lga qo’yildi. Amalga oshirilgan ishlar natijalari 1997, 1999, 2005 yillarda kafedra tomonidan tashkil qilingan konferentsiyalarda bayon qilindi. Bundan tashqari yosh oftalmologlarga Shotlandiyalik professor Nelson tomonidan amaliy mashg`ulotlar, treninglar o’tkazilib turildi, J.J. Kanskining «Klinik oftalmologiya» monografiyasi o’zbek tiliga o’girildi va yurtimiz oftalmologlariga taqdim etildi. 2004 yil kafedrada magistratura bo`limi ochiladi. Bo’lim ochilgandan beri yillar davomida 100dan ortiq magistr bitirib diplomga ega bo’lgan. 2009 yildan  beri kafedrani tibbiyot fanlari doktori Botir To’lqinovich Buzrukov boshqarib kelmoqdalar.