Kafedrasining ilmiy – izlanish ishlari.

Kafedraning ilmiy tadqiqot mavzusi «Bolalarda tug’ma ko’z kasalliklarini zamonaviy diagnostikasi, davosi va reabilitatsiyasi».

Quyidagi yo’nalishlar bo’yicha ishlar olib borilmoqda:

1. Bolalar ko’ruv a’zosi kasalliklarini diagnostikasi, davolash va reabilitatsiyasining zamonaviy usullari.

2. Shox parda va kon’yunktiva kasalliklarida amniotik membrana transplantatsiyasi masalalari. 2011 yilda Iskandarova M.A. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi

3. Bolalarda travmatik kataraktani xirurgik davolash va reabilitatsiyasini mukammallashtirish.

4. Bolalar ko’ruv a’zosi tug’ma va orttirilgan kasalliklarini lazerli davolash usullari.

5. Bolalarda atipik g’ilaylikni diagnostikasi va xirurgik korrektsiyasini optimizatsiyasi.

6. Bolalarda bir tomonlama kataraktani xirurgik davolashdan so’ng refraktogenezning xususiyatlari.

7. Bolalarda tug’ma glaukomani xirurgik davolash usullarini mukammallashtirish. 2019 yilda Xamroeva Yu. A. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi. (PhD)

8. Maktab yoshidagi bolalarda ko’zlarning allergik kasalliklarini diagnostikasining  klinik – immunologik aspektlari.2017 yilda Nazirova Z.R. tomonidan doctorlik dissertatciyasi (PhD) himoya qilindi.

9. Marfan sindromining ko’zdagi belgilarini diagnostikasi va xirurgik davosining o’ziga xosliklari. 2019 yilda Toshpulatova A.Z. tomonidan nomzodlik dissertatciyasi himoya qilindi. (PhD)

Kafedraning ilmiy saloxiyati – 45%.

Talabalar ilmiy jamiyati.

2014-2017 o`quv yilda kafedrada 8 talaba TIJda qatnashib, ilmiy faoliyat olib borishdi, natijalar 43-talabalar ilmiy – amaliy anjumani tezislar tuplamida chop etildi. Dotsent Hamraeva L.S.  raxbarligi ostida magistratura 3 – kurs talabasi Boboxa L.Y. yosh olimlar  ilmiy – amaliy anjumanida ma’ruza bilan qatnashib, 1- o’rinni egallashdi va diplom, sovg’alar bilan taqdirlandi.

“Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturi

Maqsad

“Ilm-fan-2020” milliy rivojlanish dasturining professor-o`qituvchilari tomonidan “Oftalmologiya bolalar oftalmologiya” kafedrasi keng miqyosida kirish imkoniyatlarini kengaytirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, elektron resurslar va ma`lumotlar bazalarini yanada kengaytirishga qaratilgan. 

 Ro`yxatdan o`tish

 Oftalmologiya bolalar oftalmologiyasi barcha 12 ta hodimlari Scopus va Science Direct halqaro ilmiy-texnik ma`lumotlar bazasidan ro`yxatdan o`tgan.

Mutahassislik bo`yicha yuklab olingan ma`lumotlar

Oftalmologiya, bolalar oftalmologiyasi kafedrasining barcha xodimlari Scopus va Science Direct halqaro ilmiy-texnik ma`lumotlar bazasidan g`ilaylik, gavhar, to`r parda va shishasimon tana kasalliklari, glaukoma  mavzusi bo`yicha 230 ta ma`lumotlarni yuklab olgan. Kafedra assistentlari Tashmuhamedov A.A. to`r parda kasalliklari bo`yicha, Maxmudova D.T., g`ilaylik bo`yicha, Boboha L.Y.  gavhar kasalliklari bo`yich va t.f.n. To`raqulova D.M. rahbarligi ostida 2 nafar 3 kurs magistri glaukoma kasalligi bo`yicha  yuklab olingan ma`lumotlardan o`z dissertatsiya ishida foydalanmoqda.