Kafedrada 4-kurs 1,2 pediatriya fakulteti hamda tibbiy-pedagogika fakultetlariga xirurgik kasalliklari va XDXdan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tkaziladi. Gospital xirurgiya bo’yicha 5kurs tibbiy-pedagogika, 4 va 6 kurs tibbiy-pedagogika fakulteti va oliy-tibbiy xamshiralar 3-kurs talabalariga uralogiya bo’yicha mashg’ulotlar o’tkaziladi. Kafedrada talabalar qorin bo’shlig’ini va ko’krak qafasini o’tkir xirurgik kasalliklari, hamda xarbiy harakat vaqtida va shoshilinch vaziyatlarda tibbiy yordam berishni o’rganadilar. Barcha talablarga binoan o’quv va ish rejalari, tarqatma material, multimediali o’qish vositalari bilan ta’minlangan. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlarda IKT keng asosda qo’llaniladi. Talabalar 100% darsliklar bilan ta’minlangan. Kafedrada talabalar qorin bo’shlig’ini va ko’krak qafasini o’tkir xirurgik kasalliklari, hamda xarbiy harakat vaqtida va shoshilinch vaziyatlarda tibbiy yordam berishni o’rganadilar. OTH talabalari xirurgik bo’lim va operatsion blok o’rta tibbiy xodilar ishini tashkil etishni, xarbiy xarakat vaqtida va shoshilinch vaziyatlarda xirurgik bemorlarga tibbiy yordam ko’rsatishni o’rganadilar. Talabalarni baholash reyting tizimida olib boriladi. Yakuniy imtihon integrirlangan (OSKE) usuda o’tkaziladi.