TOSHPTIDA XORIJIY FUQAROLAR UCHUN 2023/2023 O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILINDI

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida xorijiy fuqarolar uchun 2023/2024 o’quv yilida bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturada o’qish uchun qabul e’lon qilindi.

2023/2024 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida o’qish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar qabuli institutning rasmiy veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriatga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Xorijiy fuqarolar uchun magistraturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Xorijiy fuqarolar uchun klinik ordinaturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/qq5bKj9Q9GSXQBtk7

Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaga hujjatlar qabuli 2023-yil 10-iyuldan boshlab onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo ‘yicha kirish imtihonlari o’tkaziladigan sana institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

«DAVOLASH ISHI» YO’NALISHI

551000 – «Davolash ishi» ta’lim yo’nalishining umumiy tasnifi

“Davolash ishi” uzluksiz ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartlari mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati – 6 yil.

Ixtisoslik – umumiy amaliyot shifokori (UASh)

Umumiy amaliyot shifokori tayyorlangan bo’lish kerak:
– qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga;
– oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli bo’lgan lavozimlarda ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ish faoliyatini yuritish;
– bakalavriat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:
Davolash ishi (5720100) ta’lim yo’nalishi sog’liqni saqlash sohasidagi yo’nalish bo’lib u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson salomatligini saqlash faoliyati vositalari, usullar va uslublarining majmuasini o’z ichiga oladi.

Umumiy amaliyot shifokori ishlashi mumkin:
Oliy va o’rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarida, davlat muassasalarida (qishloq va shahar tibbiyot punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida), nodavlat tibbiyot muassasalarida, xususiy yakka tartibda ishlashi mumkin.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari – sog’liqni saqlash tizimida davolash va kuzatish nazoratida bo’lgan sog’lom odamlar va bemorlar.

Kasbiy faoliyat turlari – tibbiy profilaktik, tez va shoshilinch tibbiy yordam, davolash-tashxislash, reabilitatsiya, tibbiy ijtimoiy yordam, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni tashkillashtirish.

«PEDIATRIYA ISHI» YO’NALISHI

5510200 “Pediatriya ishi” yo’nalishining umumiy tasnifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati:  6 yil

Ixtisoslik : shifokor-umumiy pediatr.

Shifokor umumiy pediatr quyidagilarga tayyor bo’lishi kerak:
– Ta’lim yo’nalishi bo’yicha oiliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan  bo’sh o’rinlarni egallash mumkin bo’lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarida (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarning maxsuslashtirilmagan bolalar bo’limlarida, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida, bolalar profilaktoriylari va dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun.
– Bakalavriyat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.
– Qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Ish faoliyati:
Oliy o’quv muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassisga mo’ljallangan o’rinlarda ishlash. Umumiy pediatr shifokor davlat muassasalarida, qishloq uchastka kasalxonalarida, tez yordam xizmatlarida, tibbiy-sanitariya qismlarida, shifokorlik-sog’lomlashtirish punktlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida, xususiy, yakka tartibda ishlashi mumkin.

«TIBBIY BIOLOGIK ISH» TA’LIM YO’NALISHI

5510900-«Tibbiy biologiya ishi» yo’nalishining umumiy tasnifi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori asosida ToshPTIda ushbu yo’nalish tashkil etildi.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati – 4 yil.

5510900 – Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:
– Ilmiy – pedagogik;
– Ilmiy – tadqiqot;
– Tibbiy – tashhislash;
– Tibbiy – ijtimoiy;
– Tashkiliy boshqaruv.

Shuningdek, pedagogik qayta tayyorlov o’tgandan so’ng o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishi mumkin.

5510900 – Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy tayyorgarlikdan keyin ta’limni davom ettirishi mumkin:
– 5A140101 – Biologiya (yo’nalishlar bo’yicha)
– 5A140102 – Mikrobiologiya va virusologiya
– 5A140104 – Biotexnologiya
– 5A140105 – Biofizika
– 5A320502 – Tibbiy – biologik apparatlar, tizim va majmualar
– 5A510118 – Morfologiya (yo’nalishlar bo’yicha)
– 5A510113 – Tashxisning instrumental va funkstional usullari (yo’nalishlar bo’yicha)
– 5A510126 – Farmakologiya

Yangi yo’nalishlar:
– Molekulyar genetika
– Biologik tibbiy texnologiyalar
– Tibbiy biologiya
– Tibbiy biofizika
– Tibbiy kibernetika
– Molekulyar farmakologiya

XALQ TABOBATI

5511100 –«Xalq tabobati» yo’nalishining umumiy tasnifi

«Xalq tabobati» ta’lim yo’nalishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 10 oktyabrdagi PQ-4668-sonli «O’zbekiston Respublikasida xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi Qarori asosida tashkil etilgan.

«Xalq tabobati» uzluksiz ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartlari mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati 4 yil.

Ixtisosi – xalq tabobati mutaxassisi.

«Xalq tabobati» ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy malakalariga quyidagilar kiradi:
– kasalliklarning oldini olish, tashxis qo’yish va davolash usullarining samaradorligini o’rganish, shuningdek, xalq tabobati usullaridan, shu jumladan tarixiy an’analar va o’zbek xalq tabobatining noyob merosidan foydalangan holda boshqa tibbiy xizmatlarni taqdim etish;
– xalq tabobatining asosiy yo’nalishlari (o’simlik tibbiyoti, akupunktur, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moxoterapiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, chiropraktik, qigong va boshqalar) bo’yicha chuqur bilimlarga ega bo’lish, ulardan sog’lom turmush tarzi va zamonaviy tibbiyotni saqlash uchun foydalanish;
– xalq tabobatining zamonaviy tibbiyotga kasalliklarning oldini olish, tashxis qo’yish va davolashda samarali integratsiya qilish, shu jumladan ilmiy-tadqiqot va laboratoriya tadqiqotlari orqali.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:
«Xalq tabobati» – sog’liqni saqlash sohasidagi ta’limning yo’nalishi bo’lib, uning maqsadi an’anaviy tibbiyotdan me’yor va qoidalarni belgilash, tadqiqotlar o’tkazish va xalq tabobati mahsulotlari va amaliyotini sog’liqni saqlash tizimiga kiritish, xodimlar malakasini oshirish, ko’nikmalar, xizmatlar va davolash usullarini takomillashtirish, zamonaviy tibbiyotda xalq tabobatining asosiy usullarini (fitoterapiya, akupunktur, ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksibusiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, chiro-amaliyot, qigong va boshqalar) ishlab chiqish va qo’llash, aholini sog’lom turmush tarzida qo’llab-quvvatlash.

Xalq tabobati mutaxassisi ishlashi mumkin:
sog’liqni saqlash tizimida, oilaviy klinikalarda, davlat va xususiy klinikalarda quyidagi faoliyat turlari bilan shug’ullanish mumkin: xalq tabobatining asosiy usullarini qo’llash (o’simlik dori-darmonlari, akupunktur, Ayurveda, gomeopatiya, yoga, moksibusiya, naturopatiya, osteopatiya, termal tibbiyot, chiro-amaliyot, qigong va boshqalar). kasalliklarni tashxislash, davolash va oldini olish uchun.

Kasbiy faoliyat ob’ektlari – sog’liqni saqlash tizimida davolash va kuzatish nazoratida bo’lgan sog’lom odamlar va bemorlar.

Kasbiy faoliyat turlari – tibbiy profilaktik, davolash-tashxislash, reabilitatsiya, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni tashkillashtirish.

«OLIY HAMSHIRALIK ISHI» YO’NALISHI

5510700 – «Оliy hamshiralik ishi» yo’nalishning umumiy tasnifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati 3 yil.

Ixtisosi – Oliy malakali hamshira.

Oliy malakali hamshira quyidagilarga tayyor bo’lish kerak:
– ta’lim yo’nalishi bo’yicha oliy ma’lumotli hamshiralar egallashi kerak bo’lgan ish joylarda mustaqil faoliyat ko’rsatishga;
– bakalavriatning ko’rsatilgan yo’nalishini doirasida, tanlangan mutaxassislik bo’yicha tegishli bo’lgan magistraturada oliy ta’limni davom ettirishga;
– malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:
Oliy hamshiralik ishi – aholini sog’lig’ini saqlash va mustahkamlash, kasallarni parvarish qilish va davolash, odam organizmidagi turli xil kasalliklarni oldini olish va reabilitatsiya qilish uchun foydalanadigan bilimlar, usullar, amaliy ko’nikmalar jamlamasini qamrab olgan tibbiy fanlarning yo’nalishi.

Oliy malakali hamshira quyidagi tashkilotlarda ishlashi mumkin:
Oliy va o’rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarida, davlat muassasalarida (qishloq va shahar tibbiyot punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida), nodavlat tibbiyot muassasalarida, xususiy yakka tartibda ishlashi mumkin.

Kasbiy faoliyat obyektlari – sog’liqni saqlash tizimida hamshiralik jarayonini tashkil etish va ta’minlash, sog’lom va bemorlarni kuzatish va ularga g’amxo’rlik qilish, shuningdek hamshiralik tibbiy xizmatni ko’rsatish.

Kasbiy faoliyat turlari – davolash-profilaktik, tashkiliy-boshqaruv, axborot-tahliliy, marketing, innovatsion, reabilitatsiya, o‘quv-pedagogik, uslubiy, maslahat, tadqiqot.

Adaptatsiya imkoniyatlari:
“Oliy hamshiralik ishi” mutaxassisligini olgan shaxslar sog’liqni saqlash muassasalarida quyidagi lavozimlarda faoliyat ko’rsatishi mumkin:
– Bosh hamshira (hamshiralik ishi menedjeri);
– Davolash-profilaktika muassasalari bo’limlarining katta hamshirasi;
– Jarrohlik xonasi katta hamshirasi;
– Jarrohlik bo’limi hamshirasi;
– Anesteziologiya va reanimatsiya bo’limi hamshirasi;
– Doya;
– Tug’ruq bloki doyasi;
– Hamshiralik ishi bo’yicha o’qituvchi;
– Shifokor – statist;
– Oliy ma’lumotli hamshira, o’rnatilgan tartibda oliy, o’rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarida faoliyat ko’rsatishi mumkin.