Institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti
- Institut xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti institut xotin-qizlarinint ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda to’laqonli ishtirok etishini ta’minlash, ularning ma’naviy va intellektual saviyasini yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish, shuningdek, ularni ijtimoiy-huquqiy jixatdan qo’llab-kuvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish va ularga etarli sharoitlar yaratib berish maqsadida tuziladi.
- Kengash institut xotin-qizlari o’rtasida ma’naviy-ma’rifiy, tarbiyaviy ishlarni amalga oshiradi hamda talaba-qizlarni har tomonlama etuk inson qilib tarbiyalash borasidagi vazifalarni bajaradi.
- Talaba-qizlarni milliy istiqlol g’oyasi ruhida tarbiyalash, ularda Vatanga sadoqat tuyg’usini shakllantirish, jamiyat hayotida faol ishtirok etish, o’z bilimlarini muntazam oshirib borish kabi fazilatlarii tarkib toshirish kengashning ustuvor vazifalari hisoblanadi.
- Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti raisi institut rektorining buyrug’i bilan tayinlanadi.
- Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkilotining faoliyati institut ilmiy boshlang’ich tashkiloti tomonidan yiliga 2 marta muhokama qilinadi.
- Xotin-qizlar qo’mitasi boshlang’ich tashkiloti o’z faoliyati jarayonida quyidagi vazifalarni amalga oshiradi;
- Talaba-qizlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar, ayollar bilan bog’liq tarixiy meros, sharqona ayol an’analari asosida tarbiyalash ishlarini tashkillashtiradi.
- Xotin-qizlar masalasi bo’yicha qabul qilingan hujjatlar mazmun-mohiyatini talaba-qizlarga o’z vaqtida etkazilishi va ulardagi tadbirlarning bajarilishini ta’minlaydi.
- Xotin–qizlar o’rtasida ma’naviy–ma’rifiy ishlarni rivojlantirishda turli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar olib boradi.
- Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash ruhida tarbiyalash hamda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olishga qaratilgan, xotin-qizlar hayoti va faoliyati bilan bog’liq bo’lgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, kechalar, uchrashuvlar, seminar va konferenstiyalarni uyushtiradi,
- Institut talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan ma’rifiy tadbirlar o’tkazadi.
- Institut xotin-qizlari muammolari bilan shug’ullanadi.
Kam ta’minlangan, ko’p bolali oilalar farzandlari va etim talaba-qizlarning moddiy ahvolini aniqlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilish bo’yicha institut rahbariyati bilan chora-tadbirlarni amalga oshiradi.