Joriy yilning 13 yanvar kuni Toshkent Pediatriya Tibbiyot Instituti Innovatsiya markazida markaz xodimlarining IT PARK UZBEKISTAN texnoparki vakillari bilan navbatdagi uchrashuvi bo’lib o’tdi.


Uchrashuv davomida Anastasiya Filippova boshchiligidagi IT PARK xodimlari Innivatsiya markazi faoliyati bo’lgan IT-loyihalarni va dasturlarini ishlab chiqish, ta’lim loyihalarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini, xalqaro faoliyatni olib borilishi jarayonlari bilan tanishdilar.

ToshPTI Innovatsiya Markazi qoshida «Inkubatsiya va akseleratsiya bo’limi» ni tashkil etish bo’yicha tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

Ishtirokchilar markaz xududi, ofis xonalari bilan tanishib, jihoz va uskunalar masalalari ham muhokama qilindi.

ToshPTI rahbariyatiga hamkorlik haqidagi hujjatlar, shu jumladan «Hamkorlik to’g’risidagi memorandum» va «ToshPTI bazasida inkubatsiya bo’limi tashkil etilishi to’g’risida bitim» taqdim etildi.

Yaqin kelajakda tomonlar hamkorlikning strategik rejasini ishlab chiqadilar va ushbu bo’lim ishga tushirilishi kutilmoqda.