Toshkent pediatriya tibbiyot instituti va O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan “Zamonaviy otorinolaringologiya: dolzarb masalalar va rivojlanish istiqbollari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi.

Onlayn va oflayn tarzda bo‘lib o‘tgan anjumanda 200 nafar mahalliy mutaxassislar, shuningdek, Rosssiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya, Germaniya va boshqa davlatlarning ekspertlari ishtirok etdi. Tadbir maqsad va vazifalari – erishilgan natijalarni muhokama qilish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirish, LOR organlari kasalliklariga chalingan bemorlar diagnostikasi, davolanishi va salomatligini tiklash uchun nou-xaularni joriy qilishdan iborat.

Anjuman sohaga oid muhim masalalarni muhokama qilish, tajriba almashish, mamlakatimizda va xalqaro miqyosda otorinolaringologiya xizmatini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish uchun ajoyib maydonga aylandi. Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan tegishli qaror qabul qilinib, sertifikatlar topshirildi.