O’qishga tavsiya etilgan abiturient ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni topshiradi:
– fuqarolik pasporti (yoki pasport yo’qligida shaxsning identifikatsiya raqami ko’rsatilgan holda ichki ishlar bo’limlari tomonidan berilgan 09-shakldagi guvohnoma)
– O’rta maxsus va kasbiy ta’limi muassasasini bitirganligi to’g’risida diplom (ilovasi bilan birga) yoki umumiy o’rta ta’limni tugallaganligi to’g’risidagi shahodatnoma (11-sinf tugatgach) diplom;
– O’zbekiston Respublikasi Prezidentining va Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlarida belgilangan tartibda abiteriyentlarga berilgan imtiyozni tasdiqlovchi hujjat.
Bundan tashqari, abiturient qabul komissiyasiga xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblari o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asl nusxasini ham taqdim etadi.