TOSHPTIDA XORIJIY FUQAROLAR UCHUN 2024/2025 O’QUV YILI UCHUN QABUL E’LON QILINDI

Toshkent pediatriya tibbiyot institutida xorijiy fuqarolar uchun 2024/2025 o’quv yilida bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturada o’qish uchun qabul e’lon qilindi.

2024/2025 o’quv yilida Toshkent pediatriya tibbiyot institutida o’qish uchun hujjat topshirayotgan xorijiy fuqarolar uchun qulaylik yaratish maqsadida hujjatlar qabuli institutning rasmiy veb-saytida onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriatga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/Y27smqSGEwQ7fayJ9

Xorijiy fuqarolar uchun magistraturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/Y27smqSGEwQ7fayJ9

Xorijiy fuqarolar uchun klinik ordinaturaga hujjat topshirish uchun onlayn havola:
https://forms.gle/Y27smqSGEwQ7fayJ9

Xorijiy fuqarolar uchun bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturaga hujjatlar qabuli 2024-yil 1-iyuldan boshlab onlayn tarzda amalga oshiriladi.

Xorijiy fuqarolar uchun hujjatlarni topshirish tartibi to’g’risidagi ma’lumotlarni quyidagi havola orqali olish mumkin:
https://tashpmi.uz/uz/abituriyentlar-uchun-malumot/chet-ellik-talabalar-uchun/hujjatlarni-topshirish-tartibi/

Toshkent pediatriya tibbiyot institutining bakalavriat, magistratura va klinik ordinaturasiga xorijiy fuqarolarni qabul qilish bo ‘yicha kirish imtihonlari o’tkaziladigan sana institutning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

«DAVOLASH ISHI» YO’NALISHI

60910200 – «Davolash ishi» ta’lim yo’nalishining umumiy tasnifi

“Davolash ishi” uzluksiz ta’lim yo’nalishi Davlat ta’lim standartlari mutaxassisliklari klassifikatoriga kiritilgan.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati – 6 yil.

Ixtisoslik – umumiy amaliyot shifokori (UASh)

Umumiy amaliyot shifokori tayyorlangan bo’lish kerak:
– qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga;
– oliy ma’lumotli shaxslarga tegishli bo’lgan lavozimlarda ta’lim yo’nalishi bo’yicha mustaqil ish faoliyatini yuritish;
– bakalavriat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.

Yo’nalishning sog’liqni saqlash sohasidagi o’rni:
Davolash ishi (5720100) ta’lim yo’nalishi sog’liqni saqlash sohasidagi yo’nalish bo’lib u tibbiyot sohasini rivojlantirishga, istiqbolini belgilashga, kasbiy ko’nikmaga mutasaddilik qobiliyatiga yo’naltirilgan inson salomatligini saqlash faoliyati vositalari, usullar va uslublarining majmuasini o’z ichiga oladi.

Umumiy amaliyot shifokori ishlashi mumkin:
Oliy va o’rta maxsus tibbiyot ta’lim muassasalarida, davlat muassasalarida (qishloq va shahar tibbiyot punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez tibbiy va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida), nodavlat tibbiyot muassasalarida, xususiy yakka tartibda ishlashi mumkin.

Kasbiy faoliyat obyektlari – sog’liqni saqlash tizimida davolash va kuzatish nazoratida bo’lgan sog’lom odamlar va bemorlar.

Kasbiy faoliyat turlari – tibbiy profilaktik, tez va shoshilinch tibbiy yordam, davolash-tashxislash, reabilitatsiya, tibbiy ijtimoiy yordam, ilmiy tadqiqot va uslubiy ishlarni tashkillashtirish.

«PEDIATRIYA ISHI» YO’NALISHI

60910300 “Pediatriya ishi” yo’nalishining umumiy tasnifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati 6 yil

Ixtisoslik : shifokor-umumiy pediatr.

Shifokor umumiy pediatr quyidagilarga tayyor bo’lishi kerak:
– Ta’lim yo’nalishi bo’yicha oiliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan  bo’sh o’rinlarni egallash mumkin bo’lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarida (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarning maxsuslashtirilmagan bolalar bo’limlarida, maktabgacha va maktab yoshidagi bolalar muassasalarida, bolalar profilaktoriylari va dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun.
– Bakalavriyat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.
– Qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Ish faoliyati:
Oliy o’quv muassasalarida oliy ma’lumotli mutaxassisga mo’ljallangan o’rinlarda ishlash. Umumiy pediatr shifokor davlat muassasalarida, qishloq uchastka kasalxonalarida, tez yordam xizmatlarida, tibbiy-sanitariya qismlarida, shifokorlik-sog’lomlashtirish punktlarida, sanatoriy-profilaktoriylarda, dam olish uylarida), nodavlat tibbiy muassasalarida, xususiy, yakka tartibda ishlashi mumkin.

«OLIY HAMSHIRALIK ISHI» YO’NALISHI

60910600 – « Oliy hamshiralik ishi» ta’lim yoʻnalishi boʻyicha umumiy tavsifi

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati:  4 yil

Ixtisoslik : Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi.

Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi quyidagilarga tayyor bo’lishi kerak:
– Ta’lim yo’nalishi bo’yicha oiliy ma’lumotga ega bo’lgan shaxslar tomonidan  bo’sh o’rinlarni egallash mumkin bo’lgan lavozimlarda ishlash uchun davlat muassasalarida (qishloq, shahar shifokorlik punktlarida, ambulator-poliklinik muassasalarida, tez va shoshilinch tibbiy yordam xizmatlarida, statsionarlarda, ixtisoslashtirilgan tibbiy markazlarda), nodavlat tibbiy muassasalarida shaxsiy va individual tartibdagi faoliyat uchun.
– Bakalavriyat yo’nalishining chegarasida tanlangan mutaxassislik bo’yicha oliy ta’limni davom ettirishga.
– Qayta tayyorlash va malakani oshirish tizimida qo’shimcha kasbiy ta’lim olishga.

Ish faoliyati:
Oliy hamshiralik ishi mutaxassisi ish faoliyati fan va sog‘liqni saqlash sohalariga tegishli yo‘nalish bo‘lib, sog‘liqni saqlash tizimi muassasalarida, aholi o‘rtasida o‘tkir va surunkali kasalliklarning tarqalishini oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ibot qilish, zamonaviy usullardan keng foydalangan holda bemorlarni sog‘lomlashtirish bo‘yicha asosiy muammolarni hal qilish, sog‘liqni saqlash tizimining birlamchi bo‘g‘inida tibbiy-ijtimoiy vazifalarni bajarish, turli pog’ona tibbiy muassasalarida ixtisoslashtirilgan yuqori texnologik hamshiralik parvarishini amalga oshirish bo‘yicha kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.

«FUNDAMENTAL TIBBIYOT» TA’LIM YO’NALISHI

60910700-«Fundamental Tibbiyot» yo’nalishining umumiy tasnifi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909 sonli qarori asosida ToshPTIda ushbu yo’nalish tashkil etildi.

Ta’limning kunduzgi shaklida o’qish muddati – 4 yil.

60910700 – Tibbiy biologiya ishi ta’lim yo’nalishi bo’yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyat turlari:
– Ilmiy – pedagogik;
– Ilmiy – tadqiqot;
– Tibbiy – tashhislash;
– Tibbiy – ijtimoiy;
– Tashkiliy boshqaruv.

Shuningdek, pedagogik qayta tayyorlov o’tgandan so’ng o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida maxsus fanlarni o’qitishi mumkin.