1.Prezident stipendiyasi 11 ta ta’lim yo‘nalishlaridan har biri bo‘yicha bittadan stipendiya hisobidan bakalavriat va magistratura uchun alohida-alohida taqsimlanadi. Tibbiyot oliygohlari bakalavr va magistirlari uchun sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta’minot yo‘nalishida Prezident stipendiyasi beriladi.
2.O‘zbekiston Respublikasi davlat oliy ta’lim muassasalarining tibbiyot oliygox bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs(5,6 kurs) talabalariga Ibn Sino, Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari tayinlanadi.

Ushbu stipendiyalar uchun tanlovning I bosqichi xar yili may oyida, II bosqichi sentyabr-oktyabr oylarida bo‘lib o‘tadi. Tanlovga xujjat topshirish va uni utkazilish tartibi “Davlat stipendiyalari va ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga asosan olib boriladi.

3.O‘zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasining stipendiyasi tibbiyot oliygox bakalavriat bo‘yicha o‘qiyotgan oxirgi ikki kurs(5,6 kurs) talabalariga Vrachlar Assotsiatsiyasi tomonidan bir o‘quv yiliga beriladi. Tanlovning I bosqichi xar yili may oyida, II bosqichi avgust oyida bo‘lib o‘tadi. Tanlovga xujjat topshirish va uni utkazilish tartibi “O‘zbekiston Vrachlar Assotsiatsiyasining stipendiyasini tayinlash tartibi to‘g‘risidagi” Nizomga asosan olib boriladi.
4.ToshPTI “Atoqli olimlari” nomidagi stipendiyaga tanlov Institut ilmiy kengash qarori asosida xar o‘quv yilini sentyabr-oktyabr oyida o‘tqaziladi. Bu stipendiya 2-6 kurs bakalavrlariga, 2-3 kurs magistirlariga,2-3 kurs OXI fakultet talabalaridan 1tasiga bir o‘quv yilida beriladi.