Institutimizda faoliyat yuritayotgan 37ta kafedrada 45 ta talabalar ilmiy to‘garagi mavjud. Ushbu to‘garaklarda ilmiy izlanayotgan iqtidorli talabalar, innovatsion guruhlardagi va ilmiy shartnomalardagi magistirlarimiz, ilmiy izlanayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh o‘qituvchilarimiz “Yosh olimlar” maktabini tashkil etadi. Ular ilmiy izlanishlarini samarali olib borishlari uchun, ularning maqsad va vazifalarini qamrab olgan yillik xarakat reja mavjud.
Yоsh olimlar maktabi a’zolari Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasidagi fundamental, amaliy, innovatsion, yoshlar loyihalari va xalqaro grantlarda iqtidorli talabalar, qiziquvchi magistrlar va yosh olimlar faol ishtiroki doimiy ravishda olib boriladi.
Yоsh olimlar maktabi a’zolari Davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari O‘zbekistondagi fan va texnologiyalar rivojlanishining asosiy dolzarb yo‘nalishlarini qamrab olgan.