Klinik (o’quv) bazalari va davolash ishlari bo’yicha bo’lim haqida
Nizom

  1. Umumiy qoidalar
    1.1 qo’llanish sohasi
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim haqidagi Nizom asosiy me’yoriy hujjat hisoblanib klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’limning maqsadini, funktsiyalarini, huquqlarini va javobgarligini aniqlab beradi, hamda uning faoliyatini tashkillashtirishni va ToshPTIning boshqa tarkibiy qismlari va mansabdor shaxslari bilan munosabatlarini tartibga solishni ta’minlaydi.
  • Klinik (o’quv) bazalari va davolash ishlari bo’yicha bo’lim ToshPTI tasarrufidagi tashkilot hisoblanadi.
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim to’g’ridan to’g’ri ToshPTI davolash ishlari bo’yicha prorektoriga bo’ysunadi.
    O’z faoliyatida klinik (o’quv) bazalari va davolash ishlari bo’yicha bo’lim quyidagilarga asoslanib ish yuritadi:
  • Tshpti ustaviga;
  • O’zbekiston Respublikasi qonunlari va boshqa me’yoriy huquqiy hujjatlarga;
  • Ichki mehnat tartib qoidalariga;
  • Ichki ta’lim tartib qoidalariga;
  • Toshptiing ichki me’yoriy hujjatlariga (nizomlar, buyruqlar, qoidalar, standartlar va hokazo);
  • ToshPTI ilmiy kengashi qarorlariga;
  • ToshPTI administrasiyasi buyruqlariga;
  • Ushbu Nizomga;
  • Nizom va Nizomdagi o’zgartirishlar ToshPTI rektori buyrug’i asosida tasdiqlanadi.

1.2 me’yoriy havolalar

  • Ushbu Nizom quyidagi me’yoriy xujjatlar asosida ishlab chiqildi:
  • O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 06.05.2019 y. N PQ-4310 «tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida»

1.3 terminlar, atamalar va qisqartirishlar

  • Ushbu Nizomda quyidagi termin, atamalar, xamda qisqartirishlardan foydalanilgan:
    Nizom – bu huquqiy hujjat bo’lib, tashkilotning tashkil topish tartibi, oldiga qo’ygan maqsadi, masalalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini aniqlab beradi;
    Kafedra – oliy ta’lim muassasasida fakultetning asosiy struktur birligi;
    Klinik bazalar – bazasida kafedralar o’z faoliyatini olib boruvchi tibbiy tashkilotlar;
    Ta’lim oluvchilar – talabalar, klinik ordinatorlar, magistrantlar;
    PO’T – professor-o’qituvchilar tarkibi;
    TT – tibbiy tashkilotlar;
  1. Tashkil qilish va faoliyatini to’xtatish
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim ToshPTI rektori buyrug’i asosida tashkil qilinadi yoki faoliyati to’xtatiladi.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’limning tarkibiy tuzilishi prorektor bilan kelishilgan holda tuziladi va Rektor tomonidan tasdiqlanadi. Takliflar bo’lim mudiri tomonidan kiritiladi.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim shtat jadvali davolash ishlari bo’yicha prorektor bilan kelishilgan holda tuziladi va Rektor tomonidan tasdiqlanadi. Takliflar davolash ishlari bo’yicha bo’lim mudiri tomonidan kiritiladi.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim tarkibiga kiruvchi bo’limlar nomi va soni, ularda ishlovchi hodimlarning soni ToshPTI tashkiliy faoliyatining va strukturasining o’zgarishi natijasida o’zgarishi mumkin.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim tuzilishining va shtatining o’zgarishi prorektor bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Rektor buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Takliflar bo’lim mudiri tomonidan kiritiladi.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’limning maqsadi va tuzilishiga kiritiladigan o’zgartirishlar prorektor bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi va Rektor buyrug’i bilan tasdiqlanadi. Takliflar davolash ishlari bo’yicha bo’lim mudiri tomonidan kiritiladi.
  1. Tashkiliy tuzilmasi
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim tashkiliy tuzilmasi shtat jadvaliga asosan funktsional tamoil bo’yicha tuzilgan.
  • Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim tashkiliy tuzilmasi quyidagi sxemada keltirilgan.
    Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim davolash ishlari bo’yicha bo’lim boshlig’i tomonidan boshqariladi. Davolash ishlari bo’yicha bo’lim tarkibiga kiruvchi bo’limlar – klinik o’quv bazalari bilan ishlash bo’limi, ToshPTI klinik bazalarini nazorat qilish Nizom bo’yicha davolash ishlari bo’yicha bo’lim boshlig’i tomonidan olib boriladi.
  1. Maqsad
  • Klinik bazalarda klinik kafedralarning xodimlarining diagnostika-davolash-konsultativ faoliyatini nazorat qilish, takomillashtirish, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar o’quv-klinik amaliyoti uchun barcha sharoitlarni yaratish.
  1. Vazifalari
  • Klinik bazalarda klinik kafedralarning va klinika xodimlarining diagnostika-davolash-konsultativ faoliyatini nazorat qilish, takomillashtirish, talabalar, magistrlar va klinik ordinatorlar o’quv-klinik amaliyoti uchun barcha sharoitlarni yaratish;
  • Kafedra xodimlari, talabalar, magistrlar, klinik ordinatorlarning xamda klinika hodimlarning diagnostika – davolash faoliyatini takomillashtirish va nazorat qilish;
  • Klinik bazalarda diagnostika va davolash bo’yicha ilg’or usul va texnologiyalarni ishlab chiqish hamda tibbiy amaliyotga joriy qilishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlarni olib borish;
  • Doimiy kasbiy darajasi sifatini oshirish (jumladan xorijiy ta’lim muassalari va klinikalarida stajirovka) hamda xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
  1. Funktsiyalar
    Klinik bazalar va davolash ishlari bo’yicha bo’lim tomonidan nazorat qilinadi:
  • Davolash kengashi faoliyatini monitoringi;
  • Klinik bazalar va klinik kafedralarning bir biri bilan ishlashi bo’yicha tashkiliy – metodik ishlar;
  • ToshPTI klinik bazalarining davolash – konsultativ ishlari;
  • Klinik kafedralarning davolash – konsultativ faoliyati;
  • ToshPTI klinik kafedralarining davolash – konsultativ faoliyati bo’yicha yillik hisobotini;
  • Klinik bazalarda olib borilayotgan diagnostika va davolash ishlarida SSV tomonidan tasdiqlangan protokol va standartlar asosida faoliyat yuritishini nazorati;
  • Klinik kafedralar professor – o’qituvchi jamoasi tomonidan amalga oshirilgan davolash – konsultasiya ishlari bo’yicha aholi arizalarini ko’rib chiqilishi;
  • Tarkibiy qismlari va hukumat organlari o’rtasida sog’liqni saqlashni rivojlantirishga qaratilgan ikki tomonlama manfaatli faoliyatlarini tashkillashtirish;
  • ToshPTI filiallari bilan anjumanlarda ishtirok etganda master – klass, seminarlar, konferentsiyalar o’tkazish, lektsiyalar o’qish;
  • Klinik bazalarda klinik kafedralarning faoliyatini monitoring qilish;
  • Klinik bazalar va tashqi strukturalar bilan mehnat amaliyoti bo’yicha munosabatlarni ta’minlash;
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim oldiga qo’yilgan vazifalarni bajarish uchun ishlab chiqilgan ichki me’yoriy hujjatlar, tashkiliy buyruqlar asosida qo’shimcha faoliyat ham olib boradi.
  1. Hamkorlik
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim ToshPTI klinik kafedralari bilan hamkorlik jarayonida quyidagilarni talab qiladi:
  • Kompleks rejalar;
  • Kvartal hisobotlari;
  • Yillik hisobotlar;
  • Tadbirlar rejalari;
  • Tadbirlar bajarilganligi haqida hisobotlar.
  1. Xuquq va vakolatlari
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim foliyatini tashkil etish, xodimlar orasida ish va vazifalarni taqsimlash masalalari bo’yicha qarorlar qabul qilish;
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’limning majburiyatlari soxasiga kiruvchi masalalarda o’z xodimlariga topshiriq va vazifalar berish;
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim xodimlariga yuklatilgan topshiriq va vazifalarning bajarilishini nazorat qilish;
  • Davolash ishlari bo’yicha bo’lim vazifalarini bajarish chog’ida o’z ma’suliyat doirasiga kiruvchi masalalar bo’yicha qaror qabul qilish;
  • Xizmat maqsadlarida Akademiyaga tegishli bo’lgan texnik vositalardan foydalanish;
  • Xodimlarning tajribasini oshirishga qaratilgan tadbirlar tashkillashtirish va qatnashish, tegishli bo’linmalariga xodimlarni malaka oshirishlari uchun kurslar, seminarlarga yuborish masalalari bo’yicha murojat qilish;
  • O’zining vakolatlari chegarasida aniqlangan kamchilik va muammolar to’g’risida rektorga hisobot berish;
  • Vazifalarni bajarish bo’yicha faoliyatni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish.
  1. Javobgarligi
  • Davolash ishlari bo’yicha prorektor yuklatilgan vazifalarning bajarilmasligi yoki nomuvofiq bajarilishi, davolash ishlari bo’yicha bo’lim faoliyati davomidagi huquqbuzarliklar uchun javobgar hisoblanadi.
  • Davolash ishlari bo’yicha prorektor vakolati doirasida yuzaga keluvchi xatarlar uchun javobgar hisoblanadi.