KLINIK ORDINATURA BO’LIMI FAOLIYATI
Klinik ordinatura – shifokorlarning uzluksiz professional ta’limini ko’p bosqichli tizimning qismi hisoblanib kadrlarni qayta tayyorlash bo”limiga qarashli ta’lim turidir. Klinik ordinaturada shifokorlarni o’qitish – mutahasisslikni kvalifikasion talablari, shifokor mutasassisligi nomenklaturasi har bir mutahassislik bo’yicha o’quv reja va dasturlar asosida bo’lib, 18 dekabr 2009 yilgi N319-sonli Vazirlar Mahkamasi qarori va O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligining 12.07.2012 yilgi N204-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan.
O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan klinik ordinaturaga qabul kvotasi belgilanadi: maqsadli (Viloyat Sog’liqni saqlash boshqarmalari va boshqa tibbiy tashkilotlar ish beruvchilari bilan uch tomonlama shartnomasi bolganlar uchun) va umumiy tanlov (shartnomasiz) o’rinlardir. Maqsadli o’qitish uchun tanlov, mutahasissliklar bo’yicha ajratilgan o’rinlarning hududiy me’zonlariga asoslanib – Respublikaning bir hududida yashovchilar (keyinchalik ish bilan ta’minlanish ehtiyoji bolganlar) orasida o’tkaziladi.
Tanlov natijasida biror yunalish mutaxasissligi boyicha to’lmagan maqsadli o’rinlar O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan kadr ehtiyojiga qarab boshqa hududlarga taqsimlanadi.
KLINIK ORDINATURADA O’QITISHNING ASISIY MAQSADI – mutahasisslik bo’yicha mustaqil faoliyat yuritadigan yuqori malakali mutahasisslar tayyorlash. Klinik ordinatorlarning asosiy vazifalari:
• Tibbiyyot ilmining metodologik, klinik, tibbiy va ijtimoiy asoslarini chuqurlashtirilgan holda organish
• Mustaqil professional faoliyatning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish
Klinik ordinatura bitiruvchilari – Sog’liqni Saqlashning barcha bo’g’ini stacionar va ambulator tizimida – o’qish jarayonida olgan bilim va ko’nikmalarini qo’llagan holda mutahasiss shifokor sifatida amaliy faoliyat bilan shug’ullanish huququga ega.
KLINIK ORDINATURAGA QABUL
Klinik ordinaturaga O’zbekiston Respublikasi Sogliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan mutaxasisslik bo’yicha asosiy oliy tibbiy ta’limga ega shifokorlar va oldin klinik ordinaturani e’ki magistraturani bitirib boshqa turdagi ikkinchi mutaxasisslikni olish extiyoji bo’lgan shifokorlar qabul qilinadi. Ikkinchi tor mutaxasisslik bo’yicha klinik ordinatura to’lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Klinik ordinaturaga qabul yilda bir marta o’tkaziladigan tanlov asosida olib boriladi.
KLINIK ORDINATURA BO’LIMINING VAZIFALARI.
• Bo’lim klinik ordinatorlarni tayyorlash yuqori malakali mutaxasisslar (professor,docentlar) boshchilida individual reja asosida olib borilishini nazorat qiladi.
• O’quv jarayonni barcha yo’nalishlarda nazorat qiladi va davomat va o’zlashtirishni tekshirib turadi;
• O’quv yili davomida yarim yillik, bir yillik (birinchi yil yakunida) va yakuniy attestaciyalar o’tkazishni ko’zda tutadi. Attestacion komissiya tarkibi etakchi olimlar (yarim yillik, yillik va yakuniy attestaciya) va kadrlarga extiyoji bolga tashkilotlar a’zolari (yakuniy attestaciya) ToshPTI rektori buyrugi bilan tasdiqlanadi, komissiyaning raisi etib muasassa prorektori (ilmiy ishlar bo’yicha boshliq muovini) saylanadi.
O’quv jarayon: (fotosurat)
KLINIK ORDINATURA BITIRUVCHILARINING ISH BILAN TA’MINLANGANLIGI
• Bo’lim maqsadli klinik ordinaturaga o’qishga kirgan shifokorlarni o’qishga qabul qilingunlariga qadar Sogliqni saqlashni hududiy boshqarmalari bilan tuzilgan shartnomasi ijrosini nazorat qiladi.
2017-2018-O’QUV YILIGA QABUL.
Sog’liqni Saqlash Vazirligining 2017 yil 17 iyuldagi 390 – sonli “2017-2018 o’quv yilida klinik ordinaturaga qabul qilish” haqidagi buyrug’ining ilovada keltirilgan yo’nalishlar bo’yicha tanlovda yuqori bal to’plagan bakalavrlar 2017 yil 4 sentyabrdan klinik ordinaturaga o’qishga qabul qilindi.