Toshkent Pediatriya Tibbiyot Institutida aspirantura va klinik ordinatura bo’limi 1972 yilda tashkil topgan. Shu yillarda bo’limni Kostyuchenko Tamara Azizovna boshqargan. 1972 – 2008 yillarda faoliyat ko’rsatib bo’limni boshqarishda o’z hissasini qo’shgan. 2008 – 2009 yillarda bo’limni t.f.n. Ahmedova Nilufar Rasulovna boshqargan. 2009-2021 yillarda faoliyat ko’rsatib bo’limni boshqarishda o’z hissasini qo’shgan professor Ashurova Dilfuza Tashpulatovna. 2021 yildan Raxmatullayev Adxam Abadbekovich hozirga qadar bo’limni samarali boshqarib kelmoqda.