1972 yil O’rta Osiyo Meditsina Pediatriya Institutining tashkil etilishi mugosabati bilan (20 avgustda) «Bolalar xirurgik kasalliklari kafedrasi» Toshkent Meditsina institutidan ajralib chiqdi. Oldindan kafedra muduri bo’lib kelgan Karim Xojivich Toxirov shu kafedrani 1881 yilgacha boshqardi.
Tagirov Karim Xodjiyevich
(1907 – 1987)
Taniqli olim, xirurg, t.f.d., professor, 1907 yilda Toshkent shaxrida tug’ilgan. O’zbekiston va Qoraqolpog’iston respublikasida xizmat ko’rsatgan sog’liqni saqlash xodimi. Respublika oliy ta’lim, ilim – fan soxasiga ulkan xissa qo’shgan olim. O’zbekiston Bolalar xirurgiyasi va kafedrasining asoschisi. O’rta Osiyo Davlat unversiteti meditsina fakultetini tugatgan. 1932 – 1935 yy. Termiz shaxrida xirurgiya bo’limini boshkargan va unga asos solgan. 1935 – 1939 yy Toshkent Davlat unvursitetining, fakul’tet xirurgiya kafedrasi assistenti. 1939 yildan Toshkent farmatsevtika instituti direktori. Ulug’ Vatan urishi boshlanishi bilan safarbarlika chaqirilgan va g’arbiy front Medsanbatida bosh xirurg bo’lib ishlagan. 1942 yilda yaralangan va armiya safidan demoblizatsiya qilingan. Qisqa muddat TashGOSMI rektor yordamchisi va 1943 yildan etiboran, Qoraqolpog’iston ASSR Sog’liqni Saqlash vaziri etib tayinlangan. Urishning og’ir xal qiluvchi yillarida, Karim Xodjiyev tashabusi bilan tibbiyot xodimlari tomonidan yig’ilgan mablaxga (pulga) xarbiy samolyot sotib olingan va frontga yuborilgan. Oliy Komondonlik tomonidan Qoraqolpog’iston Respublikasi tibbiyot xodimlariga minnatdorchilik bildirilgan.
1943 yilda K.X. Tagirov “Tipovaya anatomiya vilochkovoy jelezi v detskom vozraste” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1947 yildan TashGOSMI bolalar xirurgiya kafedrasi mudiri etib tayinlangan. O’rta Osiyoda birinchi va yagona kafedra bo’lgan. K.X. Tagirov 35 yil shu kafedraga raxbarlik qilgan. SHu yillar mobaynida ularning tashabusi bilan Toshkent shaxrida, viloyatlarda bolalar xirurgiya bo’limlari va soha muttaxasislari tayorlandi. Respublika xududlarida bolalar o’rtasida kent tarkalgan xirurgik kasalliklar o’rganildi va amaliy yo’nalishlar berilgan. K.X. Tagirovni ko’proq bolalardagi urolitiaz va uning asoratlari qiziqtirgan. 1962 yilda K.X.Tagirovning “Mochakamennaya bolezn’ u detey v Uzbekistane” mavzusida kitob yozgan. 1963 yilda shu mavzuda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. K.X.Tagirov 100 dan ortiq ilmiy maqola, 3 monografiya muallifi. Uning raxbarligida 13 fan nomzodi dissertatsiyasi himoya qilingan. K.X.Tagirovning bir nechta shogirdlari doktorlik dissertatsiyasini himoya qilib professor (akademik), nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilib dotsent unvonini olishgan. Professor A.S. Sulaymonov, M.M. Aliyev, J.B. Beknazarov, YU.B. Uliyev, N.SH. Ergashev, N.U. Utegenov. T.F.N. dotsent G’.Q. Islambekov, SH.B. Baxramov, E.I. Ilyasov, D.D. Oqilboyev va boshqalar.
K.X.Tagirovning xizmatlari buyuk orden “ Znak Pocheta” O’zbekistonda va Qoraqolpog’iston Respublikasida xizmat ko’rsatgan vrach” unvoniga sozovor bo’lgan.
K.X. Tagirovning ishlarini ularning shogidlari davom ettirmoqda. Bolalar xirurgiyasining tarixi to’g’risida talabalarga maruza o’qilganda, ularning o’gitlari, qilgan ishlari to’g’risida gapiriladi.
Fakul’tet bolalar xirurgiya kafedrasi K.X. Tagirov nomi bilan yuritiladi.
1981 yilda 2003 yilarda kafedrani K.X.Toxirovning shigirdi professor A.S. Sulaymonov boshqargan.
Ular bilan kafedrada; professor.Ulliyev YU.B., Beknazarov J.B., t.f.n. Vaxidov A.SH., dotsentlar; Islambekov G’,Q., Baxramov SH.B., Ilyasov ye.I., t.f.n; Suvonqulov A.S., Akilbayev D.D., Nurmuxamedov A.A., Nabiyev S., Abdunabiyeva D.A., dotsentlar; CHo’liyev M.S., Tilavov O’.X., M.S.,Nosirov A.A., Narbayev T.T., t.f.n.; To’rayeva N.N., Boboqulov I.X., assistentlar; Boyaxmedov F.F., Azizov T.I., ishlashgan. 1992 yilda institut rektori, kafedra mudiri, professor A.S. Sulaymonovning tashabusi bilan “Bolalar Anesteziologiya va reanimatologiya kafedrasi”, keyinchalik “Bolalar travmatologiya va ortopediya kafedralari” Bolalar xirurgiya kafedrasidan ajrab chiqgan.
Sulaymonov Aminboy Sulaymonovich
(1938 – 2003)
1938 yilda tug’ilgan, o’zbek, bolalar jarroxi, t.f.d., professor, 1961 yilda ToshMI pediatriya fakultetini tugatgan. 1961 – 1964 yy mobaynida Buxoro viloyatining Jondor tuman markaziy kasalxonasi bosh shifokori. 1964 – 1969 yy ToshMI xirurgik kasalliklar kafedrasida klinik ordinatora va aspirantura utgan. 1969 – 1972 yy ToshMI bolalar xirurgik kasalliklar kafedrasi assistenti. 1972 – 1980 yillarda (SAMPI) ToshPMI bolalar xirurgik kasalliklar kafedrasi dotsenti, 1980 yildan kafedra mudiri, ixtisoslangan ilmiy kengash raisi muovini. 1986 – 1987 yillarda (SAMPI) ToshPMI o’quv ishlari prorektori. 1987- 1997 yillarda ToshPMI rektori lavozimida faoliyat ko’rsatgan.
1973 yilda “Bolalarda exinakokk kasalligi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1984 yilda “Bolalarda anorektal norosoliklarda korreksiyalash va qayta tiklash operatsiyalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1980 – 1988 yy. O’zbekiston Respublikasi SSV Bosh bolalar jarroxi bo’lib ish yuritgan. 1984 yilda A.S.Sulaymonov tashabusi bilan ToshPMI klinikasida; “Bolalar operativ nefrologiya va sun’iy buyrak” “Kordioxirurgiya” Bolalar ginekologiyasi” “Torakal xirurgiya” “Ortopedi” “Bolalar xirurgik infeksiya” bo’limlari va “Kunduzgi statsionar” ochilgan. O’zbekiston Respublikasi “Bolalar xirurgiya” jamiyati tashkil etildi. ToshPMI xodimlari uchun “Oromgox” qurub ishga tushirildi.
A.S.Sulaymonov boshchiligida 6 ta fan doktori, 20 fan nomzodi tayorlangan. 250 dan ortiq ilmiy maqola, 1 darslik, 5 monografiya, 12 kashfiyot patentlari, 30 uslubiy qo’llanmaga mualliflik qilgan. 1989 – 1995 yy. ToshPMI maxsuslashtirilgan Kengash raxbari va “Pediatriya” jurnali asoschisi, bosh redaktor. O’zbekiston Respublikasi “Sog’liqni Saqlash” va “Oliy ta’lim a’lochisi” “Respublikada xizmat ko’rsatgan shifokor”, “O’zbekiston bolalar xirurglar” uyushma raisi. Rossiya Fanlar Akademiyasining (AYE) muxbir a’zosi. Qozog’iston Fanlar Akademiyasining xaqiqiy a’zosi.
A.S. Sulaymonov rektorlik faoliyatining dasturi:
* Ko’p bosqichli o’qitishga o’tishning samaradorligiga erishish;
* Uzbek tilida yangi o’quv dasturlari va qo’llanmalari yaratish;
* Bolalar kasalliklari bo’yicha klinika ochish va uni rivojlantrish;
* Respublika bolalar xirurgik kasalliklari bo’yicha markaz tuzish;
* Umumiy amaliyot shifokori dasturlarini tayorlash va uni tadbiq etish;
* Xodimlar uchun dam olish maskanini qurish, o’quv binolarini tamirlash;
* Xorijiy davlatlar bilan ilmiy-amaliy aloqalarni yo’lga qo’yish;
* Institutda davlat tilida ish yuritish, davlat tilida o’quv ishlarini olib borish.
* O’zbek tilida “Bolalar xirurgiyasi” darslik yozish. Toshkent – 2000 y. Ibin Sino.
Monografiyalar:
1. Koprostazi u detey. Tashkent. 1993 g.
2. Bolalarda o’sma kasalliklari. Toshkent 1994 y.
3. Vremennaya kolostomiya u detey. Tashkent 1995 g.
4. Ambulatornaya proktologiya u detey. Tashkent 1995 g.
5. Bolezn’ Girshprunga u detey. Tashkent 1997 g.
Aliyev Maxmud Muslimovich
1947 yilda tug’ilgan, o’zbek, bolalar jarroxi, t.f.d., professor, 1971 yilda ToshMI pediatriya fakultetini tugatgan. 1971 – 1975 yy., № 1 klinik kasalxonada bolalar xirurgi bo’lib ishlagan. 1972 – 1974 yy., xarbiy xizmatda bo’lgan, batalion med.punktini boshqargan. 1976 – 1979 yy. 2 Moskva meditsina institutida asperantura o’tgan va “Volemicheskiye narusheniya v svyazi s operatsiyey i ix korreksiya u detey” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1978 – 1987 yy. SAMPI “Bolalar jarroxlik kafedrasida” assistent, dotsent. 1984 yil O’zbekiston Respublikasi SSV tomonidan Angola xalq respublikasiga yordamga jo’natilgan va 3 yil davomida Respublika markaziy unversitetiga qarashli gospitalda faolyat ko’rsatgan, SSSR elchixonasi va Angola XRSSV tomonidan faxriy yorliq bilan rag’batlantirilgan. 1987 – 1988 yilda O’zbekiston Respublika SSV kadrlar va ilmiy boshqarma boshlig’ining yordamchisi bo’lib ish yuritgan va ularning tashabusi bilan Respublikada kadrlar tayorlash, malaka oshirishni sistemaga tushirish bo’yicha programma tayorlangan. 1988 – 1991 yy. SSS MFA Pediatriya I.T institutida Leontev A.F., Karimov X.YA. “Bolalar yoshida Portal gipertenziya muamosi bo’yicha ilmiy ish boshlagan va “Patologicheskiye aspekti xirurgicheskogo lecheniya vnutripechenochnoy blokadi portal’nogo krovoobrasheniya u detey” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1991 yilda ToshMI bolalar xirurgiya kafedrasi professori 1993 yildan kafedra mudiri lavozimida ishlagan. 1999 yildan AO “Ortopediya” va Respublika tez tibbiy yordam ko’rsatish ilmiy tekshirish institutlarida bosh direktor bo’lib ishlagan. 2003 yildan xozirga qadar ToshPMI Fakul’tet bolalar xirurgiya kaferrasi mudiri bo’lib ishlab kelmoqda. M.M.Aliyev SNG davlatlar bolalar jarroxlar asotsiatsiyasi a’zosi, “Xirurgiya Uzbekistana” jurnalining redaksiya a’zosi. 2005 yilda M.M.Aliyev tashabusi bilan O’zbekiston bolalar xirurglarining 4 – ilmiy amaliy konferensiyasi o’tkazildi.
Aliyev M.M., raxbarligida 17 nomzodlik dissertatsiyasi, 5 doktorlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Aliyev M.M., 4 monografiya, 11 mualliflik ixtirosi, 20 o’quv uslubiy qo’llanma va 300 ortiq maqollar muallifi.