Aholini ijtimoiy himoya qilish va sog’liqni saqlash tizimini takomillashtirish:aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand qatlamlarini ijtimoiy himoyalashni kuchaytirish hamda keksalar va imkoniyati cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmat ko’rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko’rsatishda davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish; sog’liqni saqlash sohasini, eng avvalo, aholiga tibbiy va ijtimoiy-tibbiy xizmat ko’rsatish qulayligi hamda sifatini oshirishga qaratilgan dastlabki bo’g’ini, tez va shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada isloh qilish, aholining sog’lom turmush tarzini shakllantirish, tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash; oila salomatligini mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, onalar va bolalarning sifatli tibbiy xizmatga erishishini kengaytirish, ularga ixtisoslashtirilgan va yuqori texnologiyalarga asoslangan tibbiy yordam ko’rsatish, chaqaloqlar va bolalar o’limini kamaytirish bo’yicha kompleks chora-tadbirlarni yanada amalga oshirish; pensionerlar, nogironlar, yolg’iz keksalar va aholi boshqa ehtiyojmand toifalarining to’laqonli hayot faoliyatini ta’minlash uchun ularga tibbiy-ijtimoiy yordam ko’rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish; farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish, aholi va tibbiyot muassasalarining arzon, sifatli dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishini yaxshilash, ular narxlarining asossiz o’sishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish; aholi kasallanish ko’rsatkichlari pasayishini va hayotining davomiyligi uzayishini ta’minlash.

Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar ma`naviy odob ahloq tarbiyasining samarali shakl hamda usullarini tatbiq etishga yo`naltirilgan.
Kafedrada ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha tasdiqlangan tematik reja, kutubxona hamda ma`naviyat burchagi mavjud. Ishlar reja asosida barcha guruhlarda olib boriladi. Bundan tashqari kafedrada murabbiylik ishi ham olib boriladi, buning uchun har yili yillik murabbiylik rejasi ishlab chiqiladiki, u bo`yicha guruhlarda doimiy ravishda muloqotlar o`tkaziladi hamda O`zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustivor yunaloshlari bo’icha HARAKATLAR STATEGIYASI muhokama qilindi. Kafedraga I pediatriya fakul’tetining murabbiylik guruhlari biriktirilgan. Murabbiylik guruhlari bilan birga o`qituvchilar «Mustaqillik kuni», «Talabalar kuni», «Murabbiy va o`qituvchilar kuni», «Konstitutsiya kuni», «Navro`z», 8 mart, va boshqa bayramlarda ishtirok etadilar. Murabbiylik guruhlarida talabalarda yuqori ma`naviy-ma`rifiy sifatlarni, vatanparvarlik hissini, o`zaro xurmat va ishonchni shakllantirishga yo`naltirilgan suhbatlar o`tkaziladi.

Talabalar tomonidan quyidagi mavzularga bag’ishlangan ma`ruzalar tayyorlangan: «Oila xuquqi va manbalari», «Konstitutsiya», «Terrorizm», «CHekish va narkomaniyaning zarari haqida», «Ezgulik va rahmdillik haqida », «SHifokor vazifalari» va boshqalar.
Guruhlar murabbiylar bilan birga «Qaxramonlik», «San`at», «Tibbiyot», «Amir Temur», «Sport shon-shuhrati» muzeylariga, «Milliy dramatik teatr», «Abror Xidoyatov», «Ilhom» va shu kabi teatrlarga boradilar.
Murabbiylar talabalarning talabalar yotoqxonasi hamda shaxsiy kvartiralarda yashash sharoitlari bilan tanishib boradilar. Imkoniyat darajasida ularga yordam ko`rsatadilar.
Axborot soatlari
• Kafedrada Prezident Farmonlari, Hukumat, Oliy o`quv yurtlari Vazirlari qarorlari, siyosiy hayot yangiliklari va shu kabilarni o`z ichiga olgan papka mavjud.
• Ushbu materiallar kafedra majlislarida, ma`ruza va amaliy mashg’ulotlarda faol muhokama qilinadi.

Murabbiylik ishlar:

Katta oqituvchi Bayaxmedov F.F. (617-518 gr-1 ped )

Acc. Hotamov H.N. (513-514 gr-1 ped)

Kafedra katta murabbiyi  Bayaxmedov F.F.

Ma`naviy-ma`rifiy ishlar buiyicha javobgor:ass.Hotamov H.N.

Kafеdra xodimlari I-Pеdiatriya fakultеti 5 kurs talabalariga murabbiylik qiladilar. Xar oyda 2 marotaba gurux talabalari bilan uchrashadilar va axborot soatlarini ơtkazadilar, Rеspublikamiz siеsiy xaеtida ruy bеraеtgan uzgarishlar bilan tanishtiradilar, institut olimlari bilan uchrashuvlar tashkillashtiradilar, kеlajak shifokorlarini ma’rifiy-madaniy saviyasini oshiradilar.